Muzliklarning erişi qadimiy viruslarni uyğotişi mumkin – BMT

Muzliklarning erişi qadimiy viruslarni uyğotişi mumkin – BMT

Yer yuzida iqlim özgarişlari nafaqat issiq tölqinlarni, balki yana bir qança xavfli oqibatlarni keltirib çiqaradi. Jumladan, muzliklarning erişi bilan qadimiy viruslar uyğonişi va toşqinlar sababli önlab yillar avval paydo bölgan zaharli kimyoviy moddalar tabiatga çiqişi mumkin. Bu haqda BMTning Atrof-muhit böyiça dasturi (UNEP) taqdim etgan “Çegaradagi holatlar” (Frontiers) nomli hisobotining yettinçi sonida söz boradi.

“Global harorat sanoatgaça bölgan darajaga nisbatan 2 daraja tselsiydan yuqoriga çiqsa, doimiy muzliklar, dengiz muzlari, qor qoplami jiddiy kamayişi mumkin. Bunday kriosferik zonalarda (Yer yuzasida muz şaklida mavjud bölgan suvlarning umumiy yiğindisi) 670 millionga yaqin odam yaşaydi, butun dunyo böylab milliardlab kişilar suv resurslari uçun aynan şu hududlarga tayanadi”, deyiladi hisobotda.

Muzliklarning erişi bilan atrof-muhitga avval muz ostida bölgan mikroorganizmlar – viruslar, bakteriyalar va zamburuğlar çiqib ketişi mumkin. Ularning baʼzilari antibiotiklarga çidamli bölişi ehtimoldan xoli emas, bu esa soğliq uçun yangi xavf tuğdiradi. Hisobot mualliflari issiqxona gazlari çiqindilarini kamaytiriş orqali kriosferaning erişini sekinlaştirişga çaqiradi. Şuningdek, kriosferadagi mikrob biodiversitetini çuqurroq örganiş tavsiya etiladi, çunki u butunlay yöq bölib ketişi mumkin.

Hisobotda yana bir kam eslanadigan, ammo xavfli muammo qayd etiladi. Xususan, suv toşqinlari tufayli önlab yillar davomida daryo-tub çökindilarida töplangan zaharli moddalar yana tabiatga qaytib çiqişi mumkin. Bu moddalar oziq-ovqat zanjirlariga ham tuşişi ehtimoli bor.

Bunday xavflarni kamaytiriş uçun anʼanaviy gidroinşootlar (töğonlar, suv saqlaş hovuzlari), zamonaviy drenaj tizimlari, ifloslantiruvçi moddalarning doimiy monitoringi va “şimgiç şaharlar” kabi tabiiy muhitga moslaştirilgan yondaşuvlar taklif qilinadi.

“Issiq tölqinlar, suv toşqinlari va muzliklarning qisqarişi iqlim özgarişining eng köp uçraydigan va halokatli oqibatlaridan biridir. Ayniqsa, eng zaif toifa – yoşi katta kişilar uçun bu xavf juda dolzarb”, deydi UNEP ijroçi direktori Inger Andersen.

Boşqa omillar qatori surunkali kasalliklar, zaiflik, harakatçanlikning çeklangani, iflos havo va suv toşqini xavfi yuqori bölgan sohillardagi yaşaş joylari keksalarni yanada zaiflaştiradi. Baholaşlarga köra, 1990 yillardan beri issiqlik sababli yoşi kattalarning ölim darajasi 85 foizga oşgan.

Mutaxassislar şaharlarni har bir yoşdagi inson uçun qulay, iqlim xavflariga çidamli va ekologik barqaror qilişga çaqirmoqda. Bu esa puxta urbanistik rejalaştiriş, erta ogohlantiriş tizimlari va aholining özi ham bu xavflarni boşqarişda iştirok etişi orqali mumkin böladi.


×