Misr vazirlar mahkamasi mamlakatdagi epidemiologik vaziyat yaxşilangani va vaktsinatsiya jadal surʼatlarda amalga oşayotgani munosabati bilan xorijlik sayyohlar va öz fuqarolari uçun barça koronavirus çeklovlarini bekor qildi.
Amaldagi çeklovlar bekor qilinadigan aniq sana keltirilmagan. Katta ehtimol bilan, qaror qabul qilingan kun (16 iyun)dan kuçga kirişi mumkin.
Şu paytgaça Misrga kiriş uçun JSST tasdiqlagan vaktsinalardan biri bilan emlanganlik böyiça sertifikat, avval koronavirusga çalinganlik haqidagi maʼlumot yoki PZR-test natijasi talab qilinayotgandi.
Maʼlumotlarga köra, Misrda epidemiologik vaziyat barqaror: fuqarolar uçun turli kompaniyalarning 86,6 mln doza vaktsinasi, qolaversa, revaktsinatsiya uçun 4,5 mln doza vaktsina ğamlab qöyilgan. Hukumat uşbu zaxira aholini emlaş yuqori surʼatda ötişi uçun yetarli deb hisoblaydi.









