Özbekistonda 2023-2026 yillarga möljallangan Özbekiston Respublikasining kiberxavfsizlik strategiyasi işlab çiqiladi. Bu haqda Yangi Özbekistonning 2022–2026 yillarga möljallangan Taraqqiyot strategiyasida söz boradi.
Bunda, “UZ” domen zonasi Internet-makonining kiberxavfsizligini taʼminlaşning asosiy yönalişlarini hamda elektron hukumat, energetika, raqamli iqtisodiyot tizimlarini va muhim axborot infratuzilmasiga taaluqli boşqa yönalişlarni himoya qiliş böyiça kompleks vazifalar belgilanadi.
Şuningdek, kiberjinoyatçilik uçun jinoiy javobgarlik qayta körib çiqilişi ham közda tutilmoqda.
Strategiyaga köra, axborot maydonidagi kiberhujum va tahdidlarni monitoring qiliş tizimi yanada takomillaştiriladi.
Bunda:
• kiberxavfsizlikning Yagona tarmoğining texnik infratuzilmasini kengaytiriş;
• “Kibernetikada innovatsiyalar IT-parki” faoliyatini yanada jadallaştiriş;
• IT-parkning hududlardagi raqamli texnologiyalar öquv markazlari negizida yoşlarni kiberxavfsizlik asoslari böyiça öqitilişini taʼminlaş, hamda har yili talaba va öquvçilar orasida kiberhujumlar aniqlaş böyiça respublika miqyosida konkurslar ötkaziş nazarda tutiladi.
Kiberjinoyatçilik uçun amaldagi qonunçilikda qanday jazo bor?
Jinoyat kodeksining bir qator moddalarida kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib sodir etiladigan jinoyatlar va ularga nisbatan javobgarlik közda tutilgan.
Jumladan, uşbu kodeksning 278⁵-moddasiga köra, özganing kompyuter uskunasini qasddan işdan çiqariş, xuddi şuningdek kompyuter tizimini buziş (kompyuter sabotaji):
3 yilgaça muayyan huquqdan mahrum qilib, 66 mln 900 ming sömdan 89 mln 200 ming sömgaça miqdorda jarima;
2 yilgaça ozodlikni çeklaş;
2 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.
Şuningdek, mazkur harakatlarni guruh bölib, takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etiş 3 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolaşga sabab bölişi mumkin.









