Yakka tartibda uy-joy quriş uçun yer maydonlarini ajratiş qanday tartibda amalga oşiriladi?

Yakka tartibda uy-joy quriş uçun yer maydonlarini ajratiş qanday tartibda amalga oşiriladi?

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 08 iyun kungi “Yer munosabatlarida tenglik va şaffoflikni taʼminlaş, yerga bölgan huquqlarni işonçli himoya qiliş va ularni bozor aktiviga aylantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PF-6243-sonli Farmoni bilan yer uçastkalarini ajratişning barça uçun teng, şaffof va bozor tamoyillariga asoslangan tartibini joriy etiş, yerga oid mulkiy va huquqiy munosabatlarda barqarorlikni taʼminlaş, yerlarni muhofaza qiliş va yer egalarining mulkiy huquqlarini kafolatlaşning yangi huquqiy asosi yaratildi.

Unga köra, qişloq xöjaligiga möljallanmagan yerlar mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auktsion orqali realizatsiya qilinişi belgilandi, şuningdek, 2021 yilning 1 avgustidan boşlab mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlariga oid qaror, farmoyiş yoki boşqa turdagi hujjat qabul qiliş huquqi bekor qilindi.

Yer kodeksning 23-moddasi yangi taxrirda qabul qilinib, uşbu moddaning ikkinçi qismi 1-bandida yer uçastkalarini beriş (realizatsiya qiliş) yaʼni, mulk qilib beriş - qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer uçastkalarini xususiylaştiriş töğrisidagi qonunçilikka muvofiq, şu jumladan yakka tartibda uy-joy quriş hamda uy-joyni obodonlaştiriş, tadbirkorlik va şaharsozlik faoliyatini amalga oşiriş uçun elektron onlayn-auktsion vositasida amalga oşirilişi belgilandi.

Şuningdek, yuqoridagi qonun bilan Özbekiston Respublikasi Yer kodeksining 27-moddasi ham yangi taxrirda qabul qilindi. Unga köra, Özbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy quriş va uy-joyni obodonlaştiriş uçun 0,04 gektargaça yer uçastkalari elektron onlayn-auktsion orqali mulk huquqi asosida realizatsiya qilinadi.

Bundan taşqari, Yer kodeksining 6-moddasida nazarda tutilgan tuman (şahar) hokimlarining yer munosabatlariga oid ayrim vakolatlari, jumladan fuqarolarga, yuridik şaxslarga egalik qilişga, foydalanişga va ijaraga yer beriş, şuningdek yerlarni olib qöyişga doir vakolatlari bekor qilindi. 

Şuningdek, 2021 yil 15 noyabr kuni Özbekiston Respublikasining “Qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer uçastkalarini xususiylaştiriş töğrisida”gi Qonuniga köra, Özbekiston Respublikasining fukarosi tomonidan - yakka tartibda uy-joy quriş va uy-joyni obodonlaştiriş, şuningdek tadbirkorlik hamda şaharsozlik faoliyatini amalga oşiriş uçun öziga berilgan va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qiliş, doimiy foydalaniş yoki ijara huquqi asosida öziga tegişli bölgan yer uçastkalariga nisbatan xususiylaştiriş töğrisida ariza beriladi. Yer uçastkasiga bölgan doimiy foydalaniş (egalik qiliş), meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qiliş yoki ijara huquqi tegişli ravişda Özbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy şaxslariga ötganda ularga mazkur yer uçastkasini xususiylaştirişga bölgan huquq ham ötadi. Ariza davlat xizmatlari markazlari yoki Özbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orkali beriladi.

Yer uçastkasiga bölgan mulk huquqi uçun davlat orderi huquqni belgilovçi hujjat bölib, u xususiylaştiriladigan yer uçastkasining qiymatini tölaş töliq va öz vaqtida amalga oşirilganidan keyin bir iş kuni içida Özbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi tomonidan beriladi.

Xususiylaştirilgan yer uçastkasiga bölgan xususiy mulk huquqi unga bölgan huquq Köçmas mulk obʼektlariga bölgan huquqlarning davlat reyestriga tegişli maʼlumotlarni elektron tarzda kiritiş orqali davlat röyxatidan ötkazilgan paytdan eʼtiboran yuzaga keladi.

Abdurasul Narzulayev,

Namangan viloyati maʼmuriy

sudining sudyasi

×