Prezidentning Parijdagi Olimpiya va Paralimpiya öyinlariga tayyorgarlik töğrisida qarori qabul qilindi

Prezidentning Parijdagi Olimpiya va Paralimpiya öyinlariga tayyorgarlik töğrisida qarori qabul qilindi

2024 yil Parij şahrida (Frantsiya) bölib ötadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya öyinlariga Özbekiston sportçilarini tayyorlaş dasturi hamda maqsadli körsatkiçlar tasdiqlandi. Bu haqda Özbekiston Prezidentining “2024 yil Parij şahrida (Frantsiya) bölib ötadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya öyinlariga Özbekiston sportçilarini kompleks tayyorlaş töğrisida”gi qarorida aytib ötilgan.

Maqsadli körsatkiçlar quyidagilarni nazarda tutadi:

Olimpiya öyinlari böyiça 244 ta dasturda iştirok etiş hamda 26 ta sport turi böyiça 103 ta litsenziyani, şu jumladan 8 ta istiqbolli olimpiya sport turlari böyiça (badminton, stol tennisi, qoyani zabt etiş, suv polosi, sinxron suziş, suvga sakraş, ot sporti, triatlon) 31 ta dasturda iştirok etiş va litsenziyalarni qölga kiritiş;

Paralimpiya öyinlari böyiça 476 ta dasturda iştirok etiş hamda 12 ta sport turi, şu jumladan boçça, parastol tennisi, parakamondan otiş, paravelosport böyiça jami 105 ta litsenziyani qölga kiritiş.

2022/2023 öquv yilidan olimpiya zaxiralari sportçilarini tayyorlaşga ixtisoslaştirilgan sport-taʼlim muassasalarida ayollar uçun qabul kvotalari oşiriladi.

Maʼlumot uçun, Özbekiston Tokio şahrida ötkazilgan Olimpiya öyinlarida 3 ta oltin va 2 ta bronza medalni qölga kiritib, umumjamoa hisobida 32-örinni egalladi. Paralimpiya öyinlarida esa Özbekiston 8 ta oltin, 5 ta kumuş va 6 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 21-örinni band qildi.

×