XDP lideri Uluğbek Inoyatovdan isteʼfosi talab qilindi

XDP lideri Uluğbek Inoyatovdan isteʼfosi talab qilindi

«Surxon ovozi» gazetasining 2023 yil 5 sentyabr 8-soni Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengaşi rahbari Uluğbek Inoyatovning isteʼfosi talab qilingan maqolani bosib çiqardi.

Maqolada muallif Inoyatovni ötgan Prezidentlik saylovida nomiga iştirok etişda, hokimiyat tizimi faoliyatini hamda raqiblar dasturini taftiş qilmaganlikda ayblaydi.

U, şuningdek, ötgan saylov haqida yozib, «fikrlar xilma-xilligi sezilmaganligi, siyosiy raqobat muhiti yaratilmagani»ni taʼkidlagan.

«Saylovoldi dasturingizda heç qanday yangi fikr, yangi ğoyani körmadik. Quruq safsatadan nariga ötilmadi va şunga yaraşa «mukofot»ini ham oldingiz. Ovoz beriş natijalari buning dalili», – deydi XDP liderning saylovdagi iştirokiga baho berar ekan muallif.

Muallif, qolaversa, demokratik davlatlarda saylovdagi mağlubiyatdan söng partiya yetakçisi darhol örnini böşatib qöyişini taʼkidlaydi va Inoyatovdan uning isteʼfosini talab qiladi.

«Saylovdagi befarqligingiz tufayli XDPning mavqeyiga putur yetdi. Partiyadoşlaringiz, qolaversa saylovçilar işonçini oqlay olmadingiz.

Şunday ekan, partiya Markaziy Kengaşi raisi vazifasidan isteʼfoga çiqsangiz, mardning işi bölar edi», – deydi muallif mustaqil Özbekiston parlamenti tarixida bunday holat kuzatilmagani, ammo bu sodir bölsa, birinçisi bölişi mumkinligiga şama qilib. 


×