Sardor Raşidov Qatar klubiga ötişga yaqin

Sardor Raşidov Qatar klubiga ötişga yaqin

Özbekistonlik yarim himoyaçi Sardor Raşidov faoliyatini Qatarda davom ettirişga yaqin turibdi.
Olingan maʼlumotlarga köra, Sardor Raşidov ayni paytda Qatarda bölib turibdi. U yaqin vaqt içida "Qatar SK" klubi safida tibbiy körikdan ötadi va jamoa bilan şartnoma tuzadi.

Raşidov bunga qadar Portugaliyaning "Nasonal" klubida öynab kelayotgandi. Klub ötgan mavsum yakunlariga köra quyi divizionga tuşib ketdi. Raşidov uçun Qatar begona mamlakat emas. U öz vaqtida "Al Jayiş" klubi safida öynagan.

Maʼlumot uçun, "Qatar SK" 1959 yil taşkil etilgan. Klub uy öyinlarini Doxa şahridagi 15 000 muxlisga möljallangan "Suhaym bin Hamad" stadionida ötkazadi.

Jamoani bugungi kunda argentinalik murabbiy Serxio Batista boşqarib bormoqda. Klub 8 marta Qatar çempioni bölgan (sönggi marta 2003 yil). Ötgan mavsumda "Qatar SK" Qatar Yulduzlar ligasida 12ta klub orasida 11-örinni egallab ligada qoliş uçun pley-off bahsida maydonga tuşdi. Quyi liga vakili "Muayzir"ni 1:0 hisobida mağlub etgan "Qatar SK" Superligada qolişga erişgandi.

Qatarda yangi mavsum 21 avgust kuni start oladi. "Qatar SK" 1-turni öz uyida "Al Duhail"ga qarşi ötkazadi.

×