Dzyudo böyiça 2021 yil dekabr oyida bölib ötgan Özbekiston çempionatida 2-örinni qölga kiritgan sportçi Elbek Abdullayev 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda Milliy antidoping agentligi maʼlum qildi.
Agentlik bayonotida aytilişiça, Elbek Abdullayevdan musobaqa davrida doping-sinama olingan. Özbekiston terma jamoasi aʼzosi +100 kg vazndagi sportçi topşirgan doping-sinamasida taqiqlangan moddalar borligi aniqlangan.
Terma jamoa aʼzosi hisoblangan sportçidan Butunjahon antidoping agentligi tomonidan taqiqlangan röyxatga kiritilgan bir emas 4 ta: Testosteron, Anastrozol, Boldenon va Oksandrolon moddalari aniqlangan. Uşbu moddalar, ekzogen (taşqaridan organizmga kiritilgan) Anabolik androgen steroidlar hisoblanadi.
Qayd etilişiça, sportçi Butunjahon antidoping kodeksi va Özbekiston Milliy antidoping qoidalarining 2.1-moddasida körsatilgan antidoping qoidabuzarligini sodir etgan.
Şunday qilib, Elbek Abdullayev 2022 yil 3 mart kuni Özbekiston Milliy antidoping agentligi huzuridagi Axloq böyiça komissiyasining qaroriga köra 4 yil muddatga diskvalifikatsiya qilindi. Diskvalifikatsiya davri 2022 yil 3 martdan 2026 yil 2 martga qadar etib belgilandi.
Elbek Abdullayev diskvalifikatsiya davri tugaganga qadar Butunjahon antidoping kodeksi va Özbekiston Milliy antidoping qoidalarining 2.1-moddasiga asosan, terma jamoa tarkibida xalqaro va milliy toifadagi musobaqalar va öquv-maşğulot yiğinlaridan çetlaştiriladi.









