DXX Özbekistonda qanday dronlar borligini oçiqladi

DXX Özbekistonda qanday dronlar borligini oçiqladi

Davlat xavfsizlik xizmati Çegara qöşinlariga qaraşli harbiy qismlardan birida yuqori texnologiyalarga asoslangan uçuvçisiz uçiş aviatsiya tizimlari majmuasi foydalanişga topşirildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirda sözga çiqqan DXX raisi Bahodir Qurbonov majmuada xizmat olib boriş ham masʼuliyat, ham şaraf ekanini taʼkidlagan. Şuningdek, söz olganlar dunyoda kun sayin ortib borayotgan tahdid va xatarlar şaroitida uçuvçisiz aviatsiya tizimlaridan samarali foydalaniş xavfsizlikni taʼminlaşning muhim strategik omillaridan biri ekanini aytgan.

Majmuaning Parvozlarni boşqariş markazida yuqori qömondonlik hamda kuç tuzilmalari vakillari iştirokida amaliy öquv jarayoni ham ötkazilgan. Unda Turkiyadan sotib olingan Bayraktar TB-2 droni şartli nişonni havo-yer raketasi bilan yöq qildi. Bayraktar TB2 Turkiyaning zarbdor operativ-taktik örta-balandlikda uçuvçi dronidir. 4 ta osma boşqariladigan öq-dorilarga ega bölgan Bayraktar TB2 osmonda 12 soatdan 24 soatgaça uçişi mumkin. Maksimal boşqaruv masofasi 150 km gaça. Bu osmonda doimiy ravişda navbatçilik ötaşga va nişonlarni aniqlagandan söng, oldingi çiziqqa ötib tezda raketalarni uçirişga imkon beradi (reaktsiya vaqti aviatsiyaga qaraganda ança qisqa böladi va bu qisqa vaqt içida mavjud bölgan nişonlarni samarali uriş imkonini beradi). Uşbu dron "Baykar Makina“ xususiy kompaniyasi tomonidan loyihalaştirilgan va işlab çiqariladi.

DXXga köra, Özbekiston Turkiya-Pokiston hamkorligida işlab çiqarilgan YIHA-III kamikadze dronlariga ham ega. Xabarda aytilişiça, uçuvçisiz dronlar borasida 100 dan ortiq harbiy xizmatçilar xorijda öqitilgan.


×