AQŞ Prezidenti Donald Tramp uruş vaqtida halok bölgan Oyatulloh Ali Xomanaiyning örnini egallab, Eronga rahbarlik qilişi mumkin bölgan uçta nomzodi borligini aytdi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, Tramp jurnalistning Eronga kim rahbarlik qilişini istaşi haqidagi savollariga javob bergan.
"Mening uçta juda yaxşi nomzodim bor. Hozir ularni oşkor qilmayman. Avval işni tugataylik", degan Tramp.
Biroq, u şuningdek, Eron xalqi öz hukumatini tanlaşi mumkinligini ham istisno qilmagan.
"Buni qiliş yoki qilmaslik qarori ularga boğliq böladi. Ular bu haqda yillar davomida gaplaşib kelişgan, şuning uçun endi ularda imkoniyat bor", degan Oq uy rahbari.
Amerikalik jurnalistlarning fikriça, bu ikki nuqtai nazar Tramp maʼmuriyatining Eronning siyosiy kelajagi haqidagi qaraşlari bilan boğliq noaniqlikni taʼkidlaydi.
AQŞ–Isroil–Eron uruşi
Keça, 28 fevral kuni Isroil kutilmagan vaqtda Eronga qarata havodan zarbalar yölladi. Uşbu zarbalar Eronning muhim obʼektlari – Prezident qarorgohi, davlat idoralari va yadro inşootlariga tekkani iddao qilinmoqda. Eronning “Mehr” axborot agentligi Tehrondagi Eron razvedka binosiga ham hujum qilinganini yozgan. Isroil tomonidan start berilgan operatsiya “Yehuda qalqoni” deb nomlangan. Dastlabki manbalarga köra, Eronga öttizdan ortiq raketalar yöllangan bölişi mumkin.
Oradan biroz vaqt ötib Isroil Mudofaa kuçlari Eronga hujumni rasman tasdiqlagan. Şuningdek, Mudofaa vazirligi Isroil fuqarolaridan xavfsiz joyga yaşirinişni söragan. Mamlakatda şoşilinç ravişda favqulodda holat eʼlon qilingan.
Şu orada AQŞ Prezidenti Donald Tramp Eron böyiça operatsiyalar haqida 8 daqiqalik bayonot bergan va unda Eronga qilingan hujumda AQŞning iştirok etganini tasdiqlagan. Uning qayd etişiça, Eronga qilingan harbiy opreatsiyalar Amerika xalqini himoya qiliş uçun amalga oşirilmoqda. U öz bayonotida eronliklarni amaldagi tuzumni ağdarişga çaqirgan. Tramp Eron harbiy xizmatçilariga taslim bölişni va buning evaziga «immunitet» olişni taklif qildi yoki “muqarrar ölim”ni tanlaşlari mumkinligini aytgan.
Qolaversa, barça voqealarni bir çetdan kuzatib turgan Eron sobiq valiahd şahzodasi Rizo Pahlaviy ham Eron xalqiga murojaat qilib, mamlakat uçun hal qiluvçi lahzalar kelganini taʼkidlagan. Şuningdek, u bu sönggi jang ekanini va unda Eron xalqi Islom Respublikasi tuzumi ustidan ğalaba qozonişini taʼkidlagan.
Oradan köp vaqt ötmay endi Eron Isroil davlati hududiga qarata zarba yöllaşni boşladi.
Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu ham hujumlarni tasdiqlab, bayonot bergan. Unga köra, Isroil va AQŞning Eronga qarşi qöşma operatsiyasi Eron terror rejimi keltirib çiqarayotgan tahdidni bartaraf etişga qaratilgan. Netanyaxu maxsus murojaatida sönggi 47 yil davomida Eron rahbariyati Isroil va AQŞga qarşi oçiq tahdidlar qilgan hamda mintaqada zöravonlik siyosatini yuritganini aytgan.
Eron davlat televideniyesi Xomanaiy Isroil va AQŞ tomonidan öldirilganini xabar qilgan edi. Eronning “Tasnim” axborot agentligi maʼlumotlariga köra, u keça, 28 fevral kuni ertalab öz işxonasida öldirilgan. Oyatullohning vafoti munosabati bilan mamlakat böylab 40 kunlik umumxalq motami va 7 kunlik umumxalq dam oliş kunlari eʼlon qilindi.
Şuningdek, Eron hududiga uyuştirilgan hujum çoğida Oyatullohning oila aʼzolaridan tört kişi – qizi, kuyovi, nabirasi va kelinlaridan biri ham halok bölgan.
Qayd etiş joiz, Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusi Islom Respublikasi Oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyning vafoti tasdiqlanganidan söng, mamlakat “Qurolli kuçlari tarixidagi eng şiddatli hujum operatsiyasi” boşlanganini maʼlum qilgandi.









