Toşkent metrosining «Alişer Navoiy» bekatida IIO xodimlariga sumkasini tekşirtirayotgan 19 yoşli qiz uning içida bomba borligini aytgan. Sumkani közdan keçiriş çoğida undan portlovçi moslama topilmagan. Sud yolğon maʼlumot bergani uçun qizga 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosini tayinladi.
Toşkent metropolitenining «Alişer Navoiy» bekatida 22 oktyabr kuni 19 yoşli qiz Metropolitenda xavfsizlikni taʼminlaş boşqarmasi xodimi sumkasini tekşirayotgan paytda uning içida bomba borligini aytgan. Bu haqda Transport va turizm obʼektlarida xavfsizlikni taʼminlaş boşqarmasi maʼlum qildi.
2003 yilda tuğilgan qiz avtomatik ötkaziş punktida öz xizmat vazifalarini bajarayotgan xodim tomonidan töxtatilgan. N.S. ismli qizdan Metropolitenda xavfsizlikni taʼminlaş boşqarmasi xodimi sumkani körsatişni söraganida qiz sumkasida bomba borligini aytgan.
Körsatmaga köra, xodimlar zudlik bilan yaqin atrofdagi hududni örab olgan va voqea haqida navbatçilik bölimiga xabar berilgan. Şundan söng, voqea joyiga Içki işlar vazirligi Maxsus operatsiyalarni muvofiqlaştiriş boşqarmasi guruhi yetib kelgan. Qiz ham vaqtinça hibsga olingan.
Sumkani közdan keçiriş çoğida undan portlovçi moslama topilmagan. Şundan söng dalolatnoma tuzilgan. Xodim qizdan nima uçun sumkasida bomba borligini aytganini söraganida N.S. uning kayfiyati yaxşi bölgani va şu tarzda hazil qilişga qaror qilganini aytgan. Qiz poytaxtning Şayxontohur tumani 3-içki işlar bölimiga olib ketilgan.
Metropolitenda xavfsizlikni taʼminlaş boşqarmasi boşliği örinbosari, podpolkovnik Xasan Xaydarovning «Gazeta.uz»ga maʼlum qilişiça, Toşkent şahar Jinoyat işlari böyiça Şayxontohur tuman sudining qarori bilan N.S. Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) va 199-moddasi (Maxsus xizmatlarni qasddan aldab çaqiriş) bilan aybli deb topilib, unga nisbatan 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi hamda BHMning 1 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.









