Poytaxtdagi daraxtlar holati dronlar orqali nazorat qilinadi

Poytaxtdagi daraxtlar holati dronlar orqali nazorat qilinadi

Pilotsiz uçiş apparatlarini Toşkent şahar xaritasidagi daraxtlarning holatini aniqlaş uçun uçiriş va amaldagi maʼlumotlarga aniqlik kiritiş uçun «Özbekkosmos» agentligining resurslari ulanadi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri Şerzod Şermatov Toşkent şahar hokimligida oçilişga tayyorlanayotgan Vaziyatlar markazi şu va boşqa imkoniyatlar bilan tanişdi.

Toşkent şahar hokimining Axborot texnologiyalarini joriy qiliş böyiça örinbosari Sardor Abdullayev va uning xodimlari mehmonga «Raqamli Toşkent» platformasida taşkil qilingan Vaziyatlar markazining asosiy imkoniyatlarini namoyiş qildilar.

Şahar xaritasining turli qatlamlari va statistika maʼlumotlarini tezkor oliş imkoniyatlari körsatildi. Xususan, bu tanlangan hududdagi demografiya, daromad darajasi, xususiy va köp qavatli turar joy binolari hamda noturar obʼektlar töğrisidagi maʼlumotlarni öz içiga oladi.

Ulkan ekranda sörovga asoslangan holda axborot körsatiladi: şahar mahallalari, mikrohududlar va ularga biriktirilgan maktablar, transport imkoniyatlari böyiça xaritalar, aeroportgaça boriş imkoniyati, kiritilgan parametrlarni hisobga olgan holda şahar hududlarining «qulayligi», yöl-taʼmirlaş yoki quvurlarda profilaktika işlari olib borilayotgan manzillar va boşqa vaziyatlar.

Şerzod Şermatovni maʼlumotlar dolzarbligi, XTB, FVV, YHXBB maʼlumotlar bazalari bilan aloqa samaradorligi, xaritaning manzillar reyestri bilan integratsiya masalalari qiziqtirdi. Şaharda ehtimolli kasalliklar öçoğini va potentsial nomaqbul hududlarni tezkor aniqlaş uçun «Tez yordam» xizmatidan olingan maʼlumotlarni aks ettiriş istagi bildirildi.

Amalga oşirilişi uçun baʼzi qonunçilik hujjatlariga kiritiş zarur bölgan özgartirişlar, muhandislik tarmoqlariga ulaniş nuqtalarini körsatiş imkoniyati hamda turli xizmatlar bilan hamkorlikning texnik masalalari muhokama qilindi.

×