Bugun, 8 iyul kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning telefon orqali muloqoti bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston Prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, Özbekiston bilan Rossiya örtasidagi keng qamrovli strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada rivojlantiriş va mustahkamlaşning dolzarb masalalari muhokama qilingan. Oliy darajada, eng avvalo, savdo-iqtisodiy sohada erişilgan kelişuvlarni amalga oşirişga alohida eʼtibor qaratilgan.
“Tovar ayirboşlaş körsatkiçlarini oşiriş, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida sanoat kooperatsiyasi loyihalarini ilgari suriş, hududlar darajasidagi samarali aloqalarni, faol madaniy-gumanitar va taʼlim almaşinuvini kengaytiriş maqsadida özaro muvofiqlaşgan işlar va amaliy idoralararo hamkorlikni davom ettiriş muhimligi qayd etildi”, deyiladi xabarda.
Şu maʼnoda, joriy yilning kuzida ötkazilişi rejalaştirilgan Özbekiston va Rossiya hududlari kengaşining ikkinçi yiğilişiga puxta tayyorgarlik köriş va uning natijadorligini taʼminlaş zarurligi taʼkidlangan.
Davlat rahbarlari xalqaro kun tartibi yuzasidan ham fikr almaşgan, bölajak tadbirlar rejasini körib çiqqan.









