Putin Mirziyoyev va Töqayev bilan gaz masalasida gaplaşgani maʼlum böldi

Putin Mirziyoyev va Töqayev bilan gaz masalasida gaplaşgani maʼlum böldi

Mustaqil davlatlar hamdöstligining keça, 26 dekabr kuni Sankt-Peterburgda bölib ötgan norasmiy sammiti doirasida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Qozoğiston va Özbekiston rahbarlari bilan gaz sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi. Bu haqda Rossiya yetakçisining matbuot kotibi Dmitriy Peskov “Izvestiya” telekanaliga bergan intervyusida maʼlum qilgan. 

“Biz [MDH sammiti] doirasida Özbekiston va Qozoğiston rahbarlari Putin bilan gaz sohasidagi hamkorlik mavzusini muhokama qilayotganini köryapmiz”, degan Peskov.

U bu özaro hamkorlik samarali rivojlanayotganini qayd etgan. 

Uning eslatişiça, “Gazprom” mavjud eski quvur tizimini bekor qiliş böyiça loyihalarni amalga oşirgan. 

“Şunday tariqa ikki respublika bizdan gaz oladi”, deya qöşimça qilgan Peskov MDH sammiti doirasidagi muloqot har doim samarali va foydali ekanini bildirib. 

Peskov MDHning norasmiy sammiti yakunida Rossiya Prezidenti Qozoğiston va Özbekiston rahbarlari bilan alohida ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazganini ham eslatib ötgan. 

“Norasmiy sammit yakunida Putin mehmonlarni kutib olib, Qozoğiston Prezidenti va Özbekiston Prezidenti bilan alohida ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazdi”, deydi u.

Eslatib ötamiz, Özbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati tomonidan Mirziyoyev va Putin uçraşuvi haqida berilgan xabarda mavqedoşlar gaz masalasini muhokama qilgani aytilmagan.

Maʼlumot uçun, joriy yilning noyabr oyi boşida “Gazprom” va Qozoğiston tabiiy gazni yetkazib beriş, taşiş va qayta işlaş, şuningdek, uni geologiya-qidiruv va qazib olişga taalluqli strategik hamkorlik töğrisidagi bitimni imzolagan edi. 

Iyun oyida Özbekiston “Gazprom” bilan ikki yillik gaz sotib oliş şartnomasini tuzdi, kuniga yetkazib beriş hajmi 9 million kubometrni, yillik hajmi esa deyarli 2,8 milliard kub metrni taşkil etadi. Uşbu şartnoma böyiça yetkazib beriş 2023 yil 7 oktyabrda boşlangan. “Şu bilan birga, Rossiya, Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi gaz böyiça hamkorlik gorizonti 15 yilni taşkil etadi va uzoq muddatli hamkorlik şartnomasi 2024 yil örtalarida tuzilişi mumkin”, dedi “Gazprom” rahbari Aleksey Miller. “Markaziy Osiyo – Markaz” gaz quvuri orqali Rossiya gazini teskari yönalişda yetkazib beriş 2025 yilning noyabridan keçiktirmay amalga oşirilişi kerak. 

Şu bilan birga, “Gazprom” va Qozoğiston hozirda Ostona şahrini gazlaştiriş uçun yetkazib beriş yönalişi ustida işlamoqda, kompaniya Qozoğiston va Özbekistonga yetkazib beriş hajmini oşiriş uçun yangi yönalişlar va “Buxoro-Ural” gaz quvurini ham körib çiqmoqda. Bundan taşqari, “Gazprom” Özbekiston, Qozoğiston va Qirğiziston orqali uçinçi davlatlarga gaz tranzitini istisno qilmaydi.


Teglar:
×