Şavkat Mirziyoyev Putin bilan AES qurilişini muhokama qildi

Şavkat Mirziyoyev Putin bilan AES qurilişini muhokama qildi

24 mart kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan Özbekistondagi ilk AES qurilişini muhokama qildi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, telefon orqali bölgan suhbat davomida atom energetikasi, sanoat işlab çiqarişi va transport sohalarida amalga oşirilayotgan bir qator yirik qöşma loyihalarni hayotga tatbiq etiş masalalari atrofliça muhokama qilingan.

Xususan, Özbekistonda Rossiya loyihasi asosida qurilayotgan atom elektr stantsiyasi maydonida betonlaş işlarini boşlaş marosimi bölib ötgani mamnuniyat bilan qayd etilgan. Şuningdek, joriy yilning 16 mart kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida uçinçi mis boyitiş fabrikasi işga tuşirilgani taʼkidlangan. Keltirilişiça, mazkur korxona uçun zarur uskunalar Rossiyaning yetakçi maşinasozlik korxonalari tomonidan yetkazib berilgan.

Davlat rahbarlari, şuningdek, xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan, jumladan, Yaqin Şarqdagi mojaro va Ukraina atrofidagi vaziyat böyiça ham batafsil fikr almaşgan.

Suhbat yakunida Özbekiston va Rossiya örtasidagi strategik şeriklik hamda ittifoqçilik munosabatlarini har tomonlama mustahkamlaş borasidagi faol hamkorlikni davom ettirişga kelişib olingan. 


Teglar:
×