Şavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

Şavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 7 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari rossiyalik hamkasbini tuğilgan kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam soğlik, baxt-saodat va katta zafarlar tiladi.

Prezident Vladimir Putin rahbarligida Rossiyaning barqaror taraqqiyoti taʼminlanayotgani, aholi farovonligi muttasil oşib, mamlakatning xalqaro maydondagi örni va nufuzi mustahkamlanayotgani taʼkidlandi.

Tomonlar Özbekiston-Rossiya strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlari izçil rivojlanib borayotgani, bugungi kunda ular sifat jihatidan yangi mazmun bilan boyiganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Davlat rahbarlari erişilgan kelişuvlar va imzolangan bitimlarni öz vaqtida amalga oşiriş, özaro savdo hajmini köpaytiriş, investitsiya, fan-texnika, transport-logistika, qişloq xöjaligi va boşqa ustuvor sohalarda hamkorlikni kengaytiriş muhim ekaniga eʼtibor qaratdilar.

Prezidentlar samarali parlamentlararo, hududlararo va madaniy-gumanitar aloqalarni davom ettiriş zarurligini taʼkidladilar.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almaşildi, şuningdek, bölajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi körib çiqildi.

Muloqot söngida davlat rahbarlari Özbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi örtasidagi döstlik va köp qirrali şeriklikni mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi yölida yanada mustahkamlaş borasida intilişlari qatʼiy ekanini tasdiqladilar.

×