Özbekistonda IELTS’ni qoğozda topşiriş bekor qilindi

Özbekistonda IELTS’ni qoğozda topşiriş bekor qilindi

Joriy yilning 11 iyulidan boşlab Özbekistonda IELTS imtihonlarini qoğozda topşiriş vaqtinça bekor qilindi. Bu haqda IELTS IDP xabar berdi.

Qayd etilişiça, IELTS hamkorlari (IDP, British Council, Cambridge University Press & Assessment) texnik va taşkiliy sabablarga köra joriy yilning 11 iyulidan boşlab Özbekistonda qoğoz şaklidagi IELTS imtihonlarini vaqtinça töxtatişga qaror qilgan.

Şu sababli, talabgorlarning Edu-Action Exams markazi orqali amalga oşirilgan buyurtmasi bekor qilinadi va ularga quyidagi ikki imkoniyatdan biri taklif qilinadi:

  • IELTS on Computer (kompyuter şaklidagi IELTS) imtihoniga bepul ötkaziş;
  • Töliq pulni qaytarib beriş;
“Iltimos, siz uçun qaysi variant maʼqul ekanini bizga maʼlum qilsangiz, kerakli tartiblarni amalga oşiramiz”, deyiladi xabarda.

Taʼkidlaş joiz, bu qaror sönggi vaqtlardagi Özbekistondagi IELTS bilan boğliq mojarolar fonida qabul qilindi. Xususan, joriy yilning 7 iyun kuni ötkazilgan imtihonlardan oldin şu kungi imtihon javoblari internetda tarqalib ketgan. Buning ortidan 7 iyun kungi imtihon javoblari qaytdan tekşirildi. Jumladan, qoğozda topşirilgan IELTS imtihoni natijalari 13 kunda eʼlon qilinişi kerak, biroq 7 iyundagi imtihon atrofidagi mojarolar va natijalarning qaytadan tekşirilişi ortidan öşa kungi test natijalari 24 iyun kuni eʼlon qilindi.

Biroq hozirça Özbekistonda IELTS imtohonlarini ötkazadigan yana bir taşkilot – British Council bu borada izoh bermadi.


×