Navröz umumxalq sayllari bekor qilindi

Navröz umumxalq sayllari bekor qilindi

Bugun erta tongda 1 nafar Özbekiston fuqarosida koronavirus infeksiyasi aniqlangani haqida xabar tarqaldi.

Vaziyatni nazorat qiliş, koronavirus infeksiyasi kirib kelişining oldini oliş çora-tadbirlarini kuçaytiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Abdulla Aripov şoşilinç yiğiliş ötkazdi.

Yiğilişda Özbekistonda Navröz umumxalq sayllari ötkazilmasligi ma’lum qilindi. Şuningdek, ommaviy marosimlar, jumladan uloq-köpkari, kuraş va boşqa odamlar köp töplanadigan tadbirlar vaqtinça bekor qilinişi aytildi.

×