Xabaringiz bor, karantin davrida fuqarolar uçun yanada qulay şaroitlar yaratiş maqsadida Respublika maxsus komissiyasi tomonidan xorijiy tajriba örganilgan holda joriy yilning 18 may kunidan Toşkent şahridan Nukus, Urganç, Termiz şaharlariga aviaqatnovlar (boriş va qaytiş) hamda Toşkent şahridan Navoiy, Buxoro, Qarşi şaharlariga “Afrosiyob” tezyurar poyezdi hamda Farğona vodiysiga temir yöl qatnovi (boriş va qaytiş) uçun koronavirus infektsiyasiga test topşiriş talabi belgilangan edi.
✅ Karantin şaroitida aholining iqtisodiy holatini eʼtiborga olib, şuningdek, harakatlaniş vaqtida yölovçilarning ijtimoiy masofa saqlaşiga şaroit mavjudligini nazarda tutib, qolaversa, fuqarolarning hududlararo harakatlanişida ortiqça noqulayliklar yuzaga kelişining oldini oliş maqsadida Respublika maxsus komissiyasi tomonidan uşbu talab bekor qilindi.
? Endilikda yuqorida körsatilgan reyslar böyiça harakatlanayotgan yölovçilardan koronavirus infektsiyasiga test tahlillari olinganligi haqidagi maʼlumotnoma talab etilmaydi.
❗️ Şu bilan birga, avia va temir yöl qatnovlarini taşkil etişda barça karantin qoidalariga amal qiliş, şu jumladan, yölovçilar sonini kamaytiriş, dezinfektsiya qiliş va boşqa sanitariya talablari sözsiz bajarilişi talab etiladi.









