Aeroport, temir yöl vokzali yoxud çegara punkti hududida koronavirus infektsiyasiga antigen ekspress test oliş tartibi bekor qilinadi.
Şu munosabat bilan Respublika maxsus komissiyasining qaroriga asosan Özbekiston Respublikasiga havo, temir yöl transporti hamda çegara punktlari orqali taşrif buyurayotgan barça şaxslardan öz hisobidan aeroport, temir yöl vokzali yoxud çegara punkti hududida koronavirus infektsiyasiga antigen ekspress test oliş tartibi 2021 yilning 15 martidan boşlab bekor qilinadi.
Endilikda, yangi tartib böyiça:
❗️havoo va temir yöl qatnovlari orqali taşrif buyurayotgan şaxslar Özbekiston Respublikasiga keliş uçun havo yoki temir yöl qatnoviga röyxatdan ötişdan oldin sönggi 72 soatdan köp bölmagan muddatda koronavirus infektsiyasiga faqat PZR orqali tekşirilib, manfiy körsatkiçga ega deb topilgan maʼlumotnomani taqdim etişi talab etiladi;
❗️avtoyöl çegara ötkaziş punktlari orqali Özbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan şaxslar tomonidan sönggi 72 soatdan köp bölmagan muddatda koronavirus infektsiyasiga PZR orqali tekşirilib, manfiy körsatkiçga ega deb topilgan maʼlumotnomani taqdim etilganda yoki PZR natijasi bölmagan hollarda çegara ötkaziş punktlarida faoliyat yuritadigan maxsus klinika yoki laboratoriyalarda koronavirus infektsiyasi antigenini ekspress test tekşiruvi orqali manfiy natija qayd etilgan taqdirda Özbekiston Respublikasi hududiga kiritiladi.
Bunda koronavirus infektsiyasiga PZR tekşiruvlari natijalari ingliz yoki rus tillarida bölişi talab etiladi.
Respublika maxsus komissiyasining qaroriga asosan 2021 yilning 25 martidan boşlab xorijiy mamlakatlardan Özbekiston Respublikasiga taşrif buyuruvçilardan faqat sifat körsatkiçi talab darajasida bölgan laboratoriyalarning koronavirus infektsiyasiga PZR tekşiruvlari maʼlumotnomalari bilan havo yoki temir yöl qatnoviga röyxatdan ötkaziladi yoxud avtoyöl çegara ötkaziş punktlari orqali Özbekiston Respublikasiga koronavirus infektsiyasi antigenini ekspress test tekşiruvi ötkazmasdan kiritiladi.
Şu bilan birga mutasaddi taşkilotlarga çet elda sifatli hamda işonçli koronavirus infektsiyasiga PZR tekşiruvlarini ötkazuvçi laboratoriyalar – yaʼni Özbekiston Respublikasida tan olinadigan laboratoriyalar röyxatini (har bir mamlakat kesimida kamida 10 tadan) şakllantiriş va eʼlon qiliş böyiça topşiriq berildi.
Masʼul vazirlik va idoralarga Özbekiston Respublikasi hududida koronavirus bilan boğliq mamlakatga kiriş böyiça çeklovlar bekor qilingani, yangi avia va temir yöl qatnovlari taşkil etilayotgani töğrisida öz rasmiy veb-sahifalarida hamda Özbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari orqali xorijiy hamkorlar, investorlar va turoperatorlarga maʼlum qiliş böyiça topşiriq berildi.
Manba: Soğliqni saqlaş vazirligiJamoatçilik bilan aloqalar bölimi.









