Bu öquv yilidagi maktab imtihonlari karatin sababli bekor qilingan. Bu haqda Xalq taʼlimi vaziri Şerzod Şermatov maʼlum qilgan.
Bu çora karantin va köpçilik ota-onalarning iltimoslarini inobatga olib qöllangan. Maktablarga öquvçilarning yillik baholarini öquv yilining 3 ta çorak baholari asosida çiqariş tavsiya etilgan.
Şuningdek, kundalik.com tizimi orqali tirişqoqlik bilan öqigan öquvçilarni rağbatlantiriş maqsadida 4-çorakdagi faqat ijobiy baholarini ham yillik baholarini hisoblaşda inobatga oliş tavsiya etilgan.
Vazir karantin vaqtida online maktab orqali farzandlari bilan birga dars tayyorlagan ota-onalarga rahmat aytgan.
Manba: Zednews









