AQŞ Eronning yadroviy dasturini 2 yilga orqaga surdi – Pentagon

AQŞ Eronning yadroviy dasturini 2 yilga orqaga surdi – Pentagon

AQŞning Eron hududidagi yadroviy obʼektlarga uyuştirilgan zarbalari mamlakat yadroviy dasturini 1-2 yilga orqaga surdi. Bu haqda Pentagon vakili Şon Parnell “Reuters” naşriga bergan intervyusida söz oçdi.

“Biz ularning dasturini 1-2 yilga orqaga surib qöydik. Bu yaxşi natija böldi”, degan AQŞ vakili. 
Parnellning sözlariga köra, bu bahoni AQŞ Mudofaa vazirligi bergan va unga AQŞning ittifoqçilari ham qöşilmoqda.

Biroq CNN telekanali oldinroq razvedka manbalariga tayanib, AQŞ zarbalari Eronning yadroviy dasturini töliq yöq qilmagani, ularning dastlabki bahosiga köra, hujum faqat Eronning atom bombasi yaratişini bir neça oygina keçiktirgani haqida yozgandi. 

Manbaga köra, AQŞ Qurolli Kuçlari Markaziy qömondonligi zarbalaridan söng tahlil olib borgan va şundan keyin AQŞ Mudofaa razvedkasi bu bahoni bergan.

Oq uy esa CNN eʼlon qilgan bu maʼlumotlarni rad etib, bu “Prezident Donald Trampni obrösizlantirişga qaratilgan uriniş” deb atagan.


Teglar:
×