Deputatlar jarimaning 70 foizini tölaş ğoyasini ilgari surdi

Deputatlar jarimaning 70 foizini tölaş ğoyasini ilgari surdi

Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisi bölib ötdi.Majlisda “Özbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi qonun loyihasi muhokamasi munozaralarga boy keçdi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, uşbu qonun loyihasi ustida olib borilgan işlarda ham deputatlar sud ham, qonunlar ham adolat örnatişga xizmat qilişi zarur, degan ğoyaga suyanib, uni takomiliga yetkazdilar. Loyiha muhokamasi davomida ham uning asl mohiyatini saqlab qolişga harakat qildilar.

Taʼkidlanişiça, şuning uçun ham majlisda körib çiqilgan qonun loyihalari içida eng köp ovoz töplab qabul qilingan hujjatlardan biri mazkur loyiha bölgan.

Loyiha sud tomonidan jarima soliş töğrisidagi qaror topşirilgan sanadan boşlab 15 kun içida jarima miqdorining 70 foizi huquqbuzar tomonidan ixtiyoriy ravişda tölangan taqdirda u qolgan summani tölaşdan ozod etilişini nazarda tutuvçi maʼmuriy jarima soliş töğrisidagi qarorlarni ijro etişning soddalaştirilgan tartibini joriy etişni nazarda tutadi.

Maʼmuriy jarima soliş töğrisidagi qaror ustidan şikoyat qilinganda yoki protest keltirilganda, maʼmuriy jazo qöllanilganidan keyin bir yil davomida xuddi şunday huquqbuzarlik takroran sodir etilganida qöllanilmasligi qayd etib ötilgan.

Deputatlarning qayd etişiça, taklif qilinayotgan özgartirişlarning amaliyotda qöllanişi fuqarolarni tayinlangan jarimalarni öz vaqtida tölaşga rağbatlantiradi, ular uçun qöşimça qulayliklar yaratadi, şuningdek mablağlar öz vaqtida Davlat byudjetiga kelib tuşişini taʼminlaydi.

×