AQŞ elçixonasi Özbekistondagi muddatidan ilgari prezidentlik saylovi yakunlari böyiça bergan bayonotida Qöşma Ştatlar Şavkat Mirziyoyevning islohotlar dasturini amalga oşiriş va mamlakatda boşqaruv tizimini takomillaştirişda yordam berişga tayyorligini taʼkidladi. AQŞning Özbekistondagi elçixonasi yakşanba kuni bölib ötgan muddatidan ilgari prezidentlik saylovi yakunlari böyiça bayonot berdi. Bayonotda aytilişiça, elçixona «Özbekiston vatandoşlarini saylovdagi iştiroki uçun olqişlaydi hamda saylovda prezident Şavkat Mirziyoyevni qöllab-quvvatlaganini qayd etadi».
«Prezident Mirziyoyev yangi vakolatlari doirasida öz vazifasini bajarişga kirişar ekan, Qöşma Ştatlar uning islohotlar va boşqaruv tizimini takomillaştiriş, jumladan, qonun ustuvorligi, hokimiyat tarmoqlari örtasidagi özaro nazorat va muvozanatni taʼminlaş, şaxsiy huquqlarni himoya qiliş kabi kun tartibida turgan masalalarni ilgari surişda yordam berişga tayyorligini bildiradi. Bu tamoyillarga rioya qiliş vakillar boşqaruvining asosi hisoblanadi», — deyiladi bayonotda.
«Biz prezident Mirziyoyev va Özbekiston hukumati bilan AQŞ va Özbekiston örtasidagi iqtisodiy, taʼlim, odamlar orasidagi özaro munosabat va xavfsizlik sohalaridagi aloqalarni yanada çuqurlaştiriş yölida hamkorlik qilişni kutib qolamiz», — deyiladi bayonotda. Saylovni ham kuzatgan AQŞ elçixonasi YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari böyiça byurosi (DIIHB) xulosalarini qöllab-quvvatlaşini bildirdi.









