Xitoy 2027 yilga borib 700 ta, 2030 yilgaça esa 1000 ta yadroviy kallakka ega bölişi mumkin. Bu haqda AQŞ Mudofaa vazirligi tomonidan taqdim etilgan hisobotda aytilgan.
Qayd etilişiça, Xitoy strategik aviatsiya, qitʼalaro ballistik raketalar va yadroviy suvosti raketa taşuvçilarni öz içiga olgan “yadro triadasi”ni qurmoqda. Mudofaa vazirligiga köra, Xitoy duşmanlariga yadroviy qurol bilan zarba bermoqçi emas, balki hujumlardan himoyalanmoqçi.
AQŞ Qurolli Kuçlari ştab boşliqlari qömitasi raisi general Mark Millining aytişiça, jahon hamjamiyati strategik beqarorlik kuçaygan davrga qadam qöymoqda. Unga köra, hozirda xalqaro munosabatlar tizimida uçta kuç markazi mavjud – Rossiya, Xitoy va AQŞ.
Maʼlum qilinişiça, AQŞ ittifoqçilari Jo Bayden maʼmuriyati tomonidan tayyorlanayotgan “Yadroviy qurol şarhi”ga yadroviy quroldan birinçi bölib foydalanmaslik printsipini kiritişidan xavotirda. AQŞ şeriklarining fikriça, bu Rossiya va Xitoyga notöğri signal bölib, ularda “jazosizlik illyuziyasi”ni keltirib çiqarişi mumkin.
Maʼlumot uçun, avvalgi hisobotda AQŞ Xitoyda 200 ta yadroviy kallakka ega ekanligi va 2030 yilga borib bu miqdor ikki baravarga oşirişni rejalaştirayotganini taxmin qilgandi.
Aytiş joizki, hozirda AQŞning özida 3750 yadroviy qurol bor.









