Tramp “grin karta” dasturini töxtatdi

Tramp “grin karta” dasturini töxtatdi

Braun universiteti va MIT'da sodir etilgan otişmalar fonida AQŞ Prezidenti Donald Tramp keça, 18 dekabr kuni “grin karta” lotereya dasturini töxtatdi. Bu haqda AQŞ Içki xavfsizlik vaziri Kristi Noem X ijtimoiy tarmoğida yozdi.

Tramp topşiriğiga binoan AQŞ Fuqarolik va immigratsiya xizmati (USCIS) mazkur dasturni vaqtinça töxtatgan. Qaror Braun universitetida otişma sodir etganlikda gumonlangan şaxs uşbu dastur orqali mamlakatga kelgani sababli qabul qilingan.

“Bu dahşatli jinoyatni sodir etgan şaxs umuman mamlakatimizga kiritilmasligi kerak edi”, deydi u.

Maʼlumot uçun, Diversity Visa (grin karta lotereyasi) dasturi har yili AQŞda kam vakillikka ega bölgan davlatlar fuqarolari uçun lotereya orqali 50 mingtagaça grin karta ajratadi. Bu davlatlarning aksariyati Afrika qitʼasida joylaşgan.

2025 yilgi lotereyada qariyb 20 million kişi ariza topşirgan. Ğoliblar va ularning turmuş örtoqlarini qöşib hisoblaganda, 131 mingdan ortiq kişi tanlab olingan, biroq ğoliblar AQŞga kirişdan avval maxsus tekşiruvlardan ötişi şart. Masalan, Portugaliya fuqarolari uşbu lotereyada atigi 38 ta örinni qölga kiritgan.


Teglar:
×