Buxoro viloyatida bank filialining sobiq rahbari fuqaroning xabari va roziligisiz uning nomiga kredit rasmiylaştirib, mablağni özlaştirgani aniqlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Qayd etilişiça, tijorat banklaridan birining Romitan filiali sobiq rahbari A.H., bank menejeri F.S. hamda mahallada sobiq hokim yordamçisi vazifasini vaqtinça bajargan S.X. özaro til biriktirgan. Ular fuqaro H.A. ning maʼlumotlaridan foydalanib, uning roziligisiz 32,9 million sömlik kredit rasmiylaştirgan. Kredit mablağlari göyoki uç ğildirakli mototsikl xaridi uçun YATT “S.G.”ning hisob raqamiga ötkazilgan va keyinçalik naqdlaştirib olingan.
Maʼlum bölişiça, uşbu mablağlar gumonlanuvçilar tomonidan öz ehtiyojlari uçun sarflab yuborilgan. Şuningdek, fuqaro H.A. nomiga rasmiylaştirilgan 35,9 million sömlik kredit qarzdorligi böyiça ijro işi qözğatilganidan xabar topgan bank sobiq rahbari A.H. qarzdorlik göyoki töliq undirilgani haqida soxta hujjat tayyorlab, Majburiy ijro byurosiga taqdim etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 228-moddasi (hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalarni tayyorlaş, qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.









