Tehron AQŞ Isroil va Eron örtasidagi harbiy mojaroga kirganidan keyin yana bir bor tahdid qildi. Eron Qurolli kuçlari matbuot kotibi Ibrohim Zolfağariy bugun, 23 iyun kuni Eron davlat televideniyesi orqali bayonot berdi.
“Islom jangçilari kuçli va maqsadli amaliyotlar orqali siz uçun jiddiy, oldindan aytib bölmaydigan oqibatlarga olib keladi”, dedi .
Uning sözlariga köra, AQŞning harbiy mojaroga kirişi Eron armiyasi uçun “qonuniy nişonlar doirasini kengaytiradi” va “mintaqadagi uruşning kengayişiga yöl oçadi”.
Şu kuni Isroil mudofaa kuçlari (TSAXAL) Erondan yangi raketa hujumlari haqida xabar berdi.
“Havo hujumidan mudofaa tizimlari tahdidni qaytarmoqda”, deyiladi bayonotda.
Raketa tahdidi Isroil şimolidagi bir qança hududlarda, keyin esa mamlakatning markaziy qismida, jumladan Tel-Aviv va Quddusda eʼlon qilindi. AFP muxbirining xabar berişiça, Quddusda bir neça portlaş ovozlari eşitilgan. Isroil matbuoti Eron 15 ga yaqin raketa uçirgani haqida yozmoqda.
Islom inqilobi qöriqçilari korpusiga yaqin bölgan “Tasnim” axborot agentligi Isroilga uçuvçisiz samolyotlardan ikki marta hujum uyuştirilgani haqida xabar berdi.
Isroil, öz navbatida, Eronga yana zarba berdi. Isroil harbiy-havo kuçlari Eron ğarbidagi Kirmonşohdagi harbiy infratuzilmaga hujum qildi. TSAXALga köra, zarbalar nişoni 15 ta qiruvçi samolyot, uçiriş maydonçalari va “yer-yer” raketalarini saqlaş joylari bölgan.
Bundan taşqari, Isroil armiyasi Erondagi oltita aerodromga hujum qildi, uçiş-qöniş yölaklarini vayron qildi, 15 ta harbiy samolyot va vertolyotni yöq qildi.
Eslatib ötamiz, keça, 22 iyunga ötar keçasi AQŞ Isroil va Eron örtasidagi 13 iyunda boşlangan harbiy mojaroga kirdi. AQŞ armiyasi Eron yadroviy dasturining uçta obʼektiga zarba berdi.









