Tarmoqlarda Toşkent viloyati, Parkent tumanidagi Zarkent ziyoratgohida şirk amallar bölayotgani, ziyoratçilar har bir zinaga sajda qilib çiqayotgan videolavha tarqaldi.
Videolavhada ziyoratgohdagi qabr atrofida ayollar va bolalar aylanayotganini köriş mumkin. Xususan, ziyoratçilar qabr atrofidagi har bir ustunni öpib, tavof qilgan.
Şu bilan birga ziyoratgohga çiqişda har bir zinaga sajda qilib çiqayotgan ayollar va bolalar namoyiş qilingan. Şermurod Toğay Samarqandiy tomonidan maʼlum qilinişiça, uşbu ziyoratgohga diniy ilmga ega bölmagan odamlar joylaşib olgan va ular şirk hamda kufr işlar ortidan pul işlamoqda.
Xabarda aytilişiça, uşbu holat boşqa ziyoratgohlarda ham uçraydi. Bunday joyga kelgan diniy ilmli kişilar esa mahalliy «şayx»lar tomonidan taʼqib ostiga olinadi. «Misol uçun yaqinda bir ziyoratgohga tayinlangan qorini «Qurʼon öqib berasiz», deb aldab, bir uyga olib kirişibdi. Dasturxonga turli spirtli içimliklar qöyilgan va ...ayollar ham ötirgan ekan. Qori xonaga qadam qöymasdan ziyoratgoh «şayx»laridan biri orqasidan kirib, «hali siz bu yerda maişat qilayotgan ekansiz-da» deb baqirib ketibdi», — deya yozgan Şermurod Toğay.









