Afğonistonda «Tolibon» va qarşilik kuçlari örtasida janglar bölmoqda

Afğonistonda «Tolibon» va qarşilik kuçlari örtasida janglar bölmoqda

15 oktyabr, juma kuni ertalabdan buyon Afğoniston şimoli-şarqidagi Balx viloyatining Andarob vodiysida jangovar töqnaşuvlar davom etmoqda, deb yozadi «Interfaks» «Tolibon»ga qarşi Milliy frontga yaqin manbalariga tayanib.

«Ayni paytda Andarobda toliblar va Milliy qarşilik fronti örtasida şiddatli jang bormoqda. Ikkala tomonda ham qurbonlar bor, ularning aniq soni maʼlum emas», — deyiladi Twitter’ga joylangan xabarda.

Manbalar bergan maʼlumotlarga köra, jangovar töqnaşuvlar Bağlon viloyatining Puli Hisor va Dix-Saloh uyezdlarida bormoqda, «Tolibon» 60 ortiq odamini yöqotib çekingan. Front jangçilari orasida ham qurbonlar bor, xususan, ikki nafar dala qömondoni vafot etgani aytilmoqda.

«Tolibon» hodisa yuzasidan izoh berganiça yöq, ammo ijtimoiy tarmoqlarga joylangan videoda toliblar karvoni Andarob vodiysiga qarab ketayotganini köriş mumkin.

Bu orada «Tolibon» Mudofaa vazirligi Twitter’da maʼlum qilişiça, Atoulla Umariy «Mozori Şarif» korpusi qömondoni etib tayinlangan. Korpus ştabi Afğoniston milliy armiyasining sobiq 209-sonli «Şohin» korpusi bazasiga joylaşgan, u Balx viloyati markazi Mozori Şarif şahri taşqarisida bölib, mamlakat şimolidagi xavfsizlik uçun javobgar bölgan.

×