Osiyo mamlakatlari yangi ştammning navbatdagi "nişon"i bölmoqda

Osiyo mamlakatlari yangi ştammning navbatdagi "nişon"i bölmoqda

Koronavirusning Omicron ştammi dunyo aholisini yana ihotalanişga majbur qildi.

Germaniyada jamoat joylarida tibbiy niqobsiz yuriş taqiqlandi. Vaktsina olmagan va “manfiy” test natijasi bölmaganlar restoran va barlar, teatr hamda tomoşagohlar hamda fitnes klublariga kiritilmaydi.

Frantsiyada esa buster-doza bilan emlaniş uçun aholiga 7 oy muddat berildi. Çunki hozir bu yerda kunlik kasallaniş holatlari çöqqiga çiqqan. 15 yanvarda mamlakatda 324 ming kişida SOVID-19 infektsiyasi aniqlangan.

Daniyada ham mutaxassislar emlanişga katta umid boğlaşyapti. Şu sababli u Yevropada tört dozali vaktsinani qöllagan birinçi davlat böldi.

Gretsiyada esa 60 yoşdan oşgan emlanmagan fuqarolar jarimaga tortila boşladi. Tölov miqdori 50 yevroga teng va kelgusi oydan u ikki barobar oşiriladi.

Hindiston pandemiya davrida koronavirusni yuqtiriş körsatkiçlari böyiça jahonda ikkinçi örinda. Bu yerda jami kasallanganlar soni 37 million nafardan oşgan. Ulardan 486 ming nafari SOVID-19 asoratlari tufayli hayotdan köz yumgan.

Hozir ham mamlakatda epidemiologik vaziyat murakkab. Mahalliy şifokorlar aholidan heç bölmaganda bu yil Gang daryosida ommaviy çömiliş marosimida iştirok etmaslikni söragan. Biroq bu ogohlantirişlarga qaramay, keça 350 ming kişi yoppasiga suvga tuşdi.

Rossiya esa epidemiologik vaziyat oldingi pandemiya tölqinidan ham xavotirli tus olişidan taşvişda. Keça mamlakatda qariyb 29 ming kişida koronavirus infektsiyasi aniqlangan. Mutaxassislar 1 fevralga qadar kasallaniş körsatkiçlari 65 mingga yetişi mumkin, deb prognoz qilişmoqda.

Xitoyda kelgusi oyda 4 yillikning muhim tadbiri — qişki Olimpiada öyinlari ötkazilişi kerak. Lekin karantin çoralari qançalik kuçaytirilmasin, mamlakatda musobaqaga 18 kun qolganida ilk Omicron holati röyxatga olindi.

Yaponiyada esa koronavirusning uşbu mutatsiyasini yuqtirgan bemorlar orasida birinçi ölim holati qayd etildi.

Amerikalik olimlar ana şunday murakkab vaziyatda, yaʼni yangi ştammining tez surʼatlarda tarqalişi oqibatida koronavirusning yangi mutatsiyalari paydo bölişi mumkin, degan xulosani aytişdi. Şu sababli ular emlaniş, ayniqsa qöşimça dozada vaktsina oliş eng samarali va töğri çora ekanligini taʼkidlaşmoqda.

×