Makruh amal – şariatda yomon körilgan, nomaqbul va xunuk iş sanaladi. Rözadorga makruh bölgan amallar deyilganda, rözani buzmaydigan, ammo savobini kamaytiradigan, buzişga yaqin bölgan işlar tuşuniladi.
- Rözador saqiç yoki şunga öxşaş narsani çaynaşi makruhdir. Çunki, körgan odam rözador emas ekan degan xulosaga keladi. Payğambarimiz salollohu alayhi vasallam «Kim Allohga va Oxirat kuniga imon keltirgan bölsa, özini şubhali öringa taşlamasin», deganlar.
- Rözador ayol yoş gödagiga yoki bemorga ovqatni çaynab bersa böladi. Bunda farzand ona sutiga töymaydigan bölsa hamda çaynab beriladigan taom bölsa joiz. Çaynamay ham yediriladigan taom bölsa, oğizga olib çaynab beriş şart emas.
- Ayol kişi şörvani tatib körişi makruhdir. Bu farz rözasida uzrsiz bölsa. Agar uzr sababli tatib köradigan bölsa, makruh hisoblanmaydi. Erning xulqi, feʼli yomon bölsa, uzr sanaladi. Farzdan boşqa, masalan nafl rözada xoh uzr bölsin, xoh uzr bölmasin, taomni tatib köriş joizdir. «Fathul qodir»da «kim bir narsani tatib körsa, oğzi oçilmaydi, ammo makruh böladi», deyilgan. Xulosa qilinsa, farz röza tutayotgan ayol erining xulqi yomon bölmasa, taomning mazasini, tuzini tatib körişi yaxşi emas.
- Kişi yoğ yoki asalni sotib olayotganda yaxşisidan yomonini ajratib oliş oliş uçun uni tatib körişi makruhdir.
- Öpiş, uşlaş va quçoqlaş agar ğuslni vojib qiluvçi işga sabab bölsa makruhdir. Agar rözani buzuvçi iş sodir bölişidan qörqmasa, joiz deganlar.
- Xoh kunduzi, xoh keçki tomon bölsin, rözador xöl yoki quruq misvokni işlatsa böladi. Köp ulamolar kuçli ehtiyoj va zarurat bölmasa, misvok qiliş makruh, agar halqumga mazasi kelsa, rözani buzadi deganlar. Biz aytamiz: misvok xoh quruq, xoh xöl bölsin, xoh kunduzi xoh oğiz oçişga yaqin bölsin uni işlatiş joizdir. Çunki hadisda Payğambarimiz salollohu alayhi vasallam Oişa onamizdan qilingan rivoyatda: «Ummatimga maşaqqat bölmaganida, ularni har namozda misvok qilişga buyurar edim», deb aytganlar. Sahobalar ham Payğambarimizni rözadorlik holatlarida köp marotaba misvok qilayotganlarini rivoyat qilganlar.
- Halqumga yutmay boşi va yuzidan salqinlaniş maqsadida suv quyiş, xöl lattaga öranib oliş joiz. Tahoratdan boşqa örinda esa, oğizga suv olib çayiş makruhdir.
- Tahorat asnosida oğiz va burunni mubolağa qilib çayiş ham makruhdir.
- Zuluk va şunga öxşaş narsa vositasida köp qon oldirib tanani zaiflaştiriş.
- Ikki-uç kun iftorliksiz ulab röza tutiş.
Közga surma qöyiş makruh emas. Yaʼni rözaga ziyon bermaydi.
«Fatava Sirojiya» va «Fathu babi inaya» kitoblari asosida
N.Saidakbarova tayyorladi









