Bugun, 26 iyun kuni Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy Isroil bilan sulh tuzilganidan keyin ilk bor omma oldida çiqiş qilib, xalqini ğalaba bilan tabrikladi. Bu haqda “Mehr” xabar berdi.
Xomanaiy öz murojaatida Eron xalqi va hukumatini AQŞ hamda Isroil ustidan qozonilgan “ğalaba” bilan tabriklagan.
“Fosiq sionistik tuzum ustidan qozonilgan ğalaba bilan tabriklayman. Şovqin-suron va bayonotlariga qaramay, sionistik tuzum deyarli quladi va Islom Respublikasi zarbalari ostida tor-mor qilindi,” deydi u.
Oradan köp ötmay, uning AQŞ ustidan “ğalaba” qozonilgani haqida aytilgan ikkinçi bayonoti ham eʼlon qilindi.
“Sevimli Eronimizning Amerika rejimi ustidan ğalabasi bilan sizlarni tabriklayman. Amerika rejimi bevosita uruşga aralaşdi, çunki u aralaşmasa, sionistik tuzum butunlay yöq qilinişini his qildi. U uni qutqariş uçun aralaşdi, lekin heç narsaga erişa olmadi,” deydi Eron yetakçisi.
Uşbu çiqişdan oldin Eron jamoatçiligida Xomanaiy bir haftadan buyon jamoatçilikka körinmayotgani va heç qanday bayonot bermayotgani fonida uning salomatligi va joylaşuvi borasida xavotirlar ortib borayotgandi. Eron rasmiylarining aytişiça, u suiqasd xavfi sababli elektron aloqalardan butunlay uzilgan holda yer osti bunkeridan vaqtinça boşpana olgan.
Isroil bilan 12 kunlik Eron-Isroil mojarosi davomida Xomanaiy ikki marta bayonot bergan edi. Biroq AQŞ tomonidan Eronning yadroviy obʼektlariga hujum qilinganidan, Eron esa Qatardagi AQŞ bazasiga zarba berganidan va Eron va Isroil örtasida sulh eʼlon qilinganidan söng u heç qanday bayonot bermagandi.









