Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdöğan va Suriya yetakçisi Başar Asadga kuçli zilzila munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Bu haqda Kreml saytida maʼlum qilindi.
Rossiya Prezidenti Moskva Anqara va Damaşqqa barça zarur yordamni körsatişga tayyorligini aytib ötgan.
“Hurmatli Prezident, mamlakatingizda röy bergan kuçli zilzila oqibatida köplab qurbonlar va katta vayronagarçiliklar munosabati bilan çuqur hamdardligimizni qabul qiling”, deyiladi Putinning Turkiya Prezidentiga yöllangan taʼziya telegrammasida.
Putin Erdöğanga qurbonlarning oila aʼzolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik va qöllab-quvvatlaş sözlarini, şuningdek, jabrlanganlarning tezroq soğayib ketişini tilagan.
Şuningdek, Putin Suriya rahbariga ham hamdardlik bildirgan.
“Biz yaqinlarini yöqotganlarning qayğu va dardini baham köramiz, barça jabrlanganlar tezroq soğayib ketişiga umid qilamiz va uşbu tabiiy ofat oqibatini bartaraf etişda zarur yordamni körsatişga tayyormiz”, deyiladi Putinning Başar Asadga yöllagan taʼziya telegrammasida.









