JSST rahbari koronavirusga qarşi vaktsina işlab çiqiş jarayoni jadallaşganini maʼlum qildi

JSST rahbari koronavirusga qarşi vaktsina işlab çiqiş jarayoni jadallaşganini maʼlum qildi

COVID-19’ga qarşi vaktsina işlab çiqişda dunyoning 70 dan ortiq mamlakatlari iştirok etmoqda. Bu haqda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti rahbari Tedros Adan Gebreyesus maʼlum qilgan, deb yozmoqda CNBC.

JSST rahbarining sözlariga köra, ayni kunlarda koronavirusga qarşi vaktsina işlab çiqiş jarayoni tezlaşgan va 20 ga yaqin kompaniya hamda muassasalar uşbu iş bilan şuğullanmoqda.

«Virus genomi yanvar boşida tuzilgan va butun dunyoda tarqalgan, oqibatda testlar işlab çiqilib, vaktsina yaratiş ustida tadqiqotlar boşlangan», – deydi Gebreyesus.

Şuningdek, u yaqin orada JSST işlab çiqiqqan vaktsinalarni butun dunyoda tarqatiş yuzasidan taşabbus körsatişiga umid qilişini ham taʼkidladi.

«Vaktsina yoki koronavirusni davolaşda işlatiladigan dori tayyor bölganda biz ularni butun dunyoga tarqatişga tayyor bölişimiz lozim. Bunda qurbi yetadigan yoki aksinça yetmaydigan deb tabaqalarga ajratiş ketmaydi», – degan JSST rahbari.

Avval AQŞda vaktsinani odamlarda sinovdan ötkaziş işlari boşlangani, 40 ga yaqin soğlom köngillilarning ikki bosqiçdan iborat sinovlarda iştirok etişi haqida xabar berilgandi. Test qiliş işlari Filadelfiya va Kanzas Sitida ötadi. Vaktsinaning dastlabki dozasi sinovda iştirok etayotganlarga 6 aprel kuni yuborilgan.

AQŞ koronavirusga qarşi vaktsinaning 2021 yil bahorigaça tayyor qilinişi rejalaştirilgan. Boşqa xorij davlatlarda ham vaktsinani test qiliş işlari amalga oşirilmoqda. Turkiyada ham vaktsina tayyor bölgani va yaqin orada uni odamlarda sinab köriş işlari boşlanişi maʼlum qilingan.

Şuningdek, Pentagon koronavirusga qarşi vaktsinani sinovdan ötkazişga kirişgani, futbol yulduzlari Drogba va Eto’O koronavirusga qarşi vaktsinani Afrikada sinab körişni tavsiya qilganlarni tanqid qilgani, Johnson & Johnson kompaniyasi 2020 yilning sentyabrida koronavirusga qarşi vaktsinaning odamlardagi sinovini boşlaşi haqida xabarlar berilgan.

×