Şimoliy Koreya AQŞni rasmiy Pxenyan bilan qarama-qarşilikdan voz keçişga çaqiradi, deydi Şimoliy Koreya Mehnat partiyasi markaziy qömitasi rahbari örinbosari, Kim Çen Inning singlisi Kim Yo Çjon.
Uning sözlariga köra, Vaşington bunday siyosat olib borar ekan, respublika «eng kuçli» yadroviy töxtatuvçi tizimni yaratiş bilan şuğullanadi.
«Bizning jiğimizga tegişga uriniş AQŞ uçun juda qimmatga tuşadi. Yaşirmayman, Amerika Qöşma Ştatlari juda noxuş narsalar kutmoqda» , — dedi Kim Yo Çjon.
Uning qöşimça qilişiça, AQŞning Koreya yarim orolidagi strategik aktivlarini köpaytirişga qaratilgan saʼy-harakatlariga javoban KXDR yanada «çeksiz va keng kölamli» harakat qiladi.
Kim Yo Çjon Şimoliy Koreyaning raketa sinovlariga heç kimda eʼtiroz bildirişga asos yöqligini taʼkidlagan.









