«Yadro uruşi boşlansa mustaqilligimiz ham yordam bera olmas ekan» — Rabbimov

«Yadro uruşi boşlansa mustaqilligimiz ham yordam bera olmas ekan» — Rabbimov

Siyosatşunos Kamoliddin Rabimov yadro uruşi boşlansa, Özbekistonga taʼsir ötkaziş ehtimoli katta ekanligini maʼlum qildi.

“Yaxşiyam SSSR tarqab, mustaqil davlat bölganmiz. Aks xolda, yadro urişi boşlanganida, Özbekiston ham yadro xujumlarining bevosita nişoniga aylanardi.

Lekin, agar tölaqonli yadro uruşi boşlanib ketsa (Xudo asrasin), mustaqilligimiz katta yordam bera olmas ekan. Rossiya va NATO davlatlaridan köra, ikki-uç xafta köproq yaşar ekanmiz xolos.

Har qalay, ikki xaftada ham, odamlar baʼzi narsalarga ulgurib qolişi mumkin: kimdir qaynonasiga telefon qilib, yillar davomida yiğilgan “ehtiromlarini” bildirgan...

Yana kimlardir, aksinça, qaynonasini quçoqlab yiğlab “ayajon, keçiring – hurmatingizni qilolmadim” degan... Yana kimdir qaynonasi bilan, norin u yoqta tursin, katta qozonda şörva qaynatvorgan...

Xöş, ikki xafta vaqt qolganini bilsangiz, siz nima qilgan bölardingiz? Lekin, yaxşi niyat qiliş kerak: qaynonalarimiz köp bölsin, biri-biridan yoş bölsin, çopqillab xizmatlar qilib yursin!”, — deb yozdi Rabbimov.

Eslatib ötamiz, avvalroq Vladimir Putin yadro qurolini işga tuşuriş mumkinligi töğrisida blef qilgandi, biroq AQŞ uning sözlariga qarşi jiddiy munosabat bildirib, javob zarba bölişini maʼlum qildi. 


×