Qozoğistonda sportçilarga sökiniş taqiqlanadi

Qozoğistonda sportçilarga sökiniş taqiqlanadi

Qozoğistonda sportçilar, murabbiylar va sport hakamlariga sökiniş hamda öz diniy eʼtiqodini namoyiş etiş taqiqlandi. Şuningdek, boşqalarni diniy birlaşmalarda iştirok etişga majburlaş va missionerlik faoliyati bilan şuğullaniş ham man etiladi. Bu haqda joriy yilning 8 iyulida eʼlon qilingan Qozoğiston Respublikasi Turizm va sport vaziri Erbol Mirzabosinovning “Qozoğiston Respublikasining sport etikasi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi buyruğida söz boradi.

“Sport etikasi” hujjati atigi ikki bölimdan iborat: umumiy qoidalar va xulq-atvor qoidalari. Birinçi bölimda murabbiy, hakam, musobaqa, sport tadbiri va sport etikasi tuşunçalariga taʼrif beriladi. Sönggisi – sportçilar, murabbiylar, murabbiy-öqituvçilar va sport hakamlarining xulq-atvori uçun belgilangan qoidalar.

Aytilganidek, ikkinçi bölimda xulq-atvor qoidalari tartibga solinadi. Sportçilarga sökiniş, maşğulotlar haqidagi maʼlumotlarni oşkor qiliş, Qozoğiston obrösiga putur yetkaziş, biror kişiga tahdid qiliş taqiqlanadi. Sportçilar ommaviy joylarda spirtli içimlik isteʼmol qilgan holatda bölişni ham öz içiga olgan ijtimoiy odob-axloqqa zid harakatlardan tiyilişi kerak. Qozoğiston şarafini himoya qilayotgan sportçilar raqiblar, tomoşabinlar, taşkilotçilar, köngillilarni hurmat qilişi, kamsitiş va siyosiy namoyişlardan tiyilişlari şart.

Sportçilar madhiyani ijro etiş vaqtida axloq meʼyorlariga rioya qilişi, hakamlarning qarorlariga hurmat bilan yondaşişi, omma oldida tortişuvlardan qoçişi, OAV vakillari bilan hurmat asosida muloqot qilişi va boşqa sportçilar uçun örnak bölişi lozim. Hujjat eʼlon qilinganidan 10 kun ötgaç kuçga kiradi.


×