Eng noyob ikki McLaren’dan bittasi kim oşdi savdosida sotiladi (foto)

Eng noyob ikki McLaren’dan bittasi kim oşdi savdosida sotiladi (foto)

McLaren F1 superkarining LM 1994 namunasidagi eng noyob ikkitasidan bittasi kimoşdi savdosi orqali sotiladi. Bor-yöği 21439 km harakatlangan avtomobil Kaliforniyaning Monterey şahrida Sotheby's savdo uyi tomonidan taşkil etiladigan auktsionga lotga qöyiladi. 

Ötgan asr 90-yillarining eng orzu qilingan superkari – McLaren F1 atigi 106 nusxada işlab çiqilgan, ularning 65tasi oddiy yöl töplamida sotilgan. 5tasi — Le-Man poygalari uçun çiqarilgan LM bolidlari edi. 3ta superkar GT poygasi uçun maxsus işlab çiqilgan. 5tasi XP prototiplari, 28tasi — GTR poyga namunalari va bittasi — XP LM prototipi. Avtomobil 1992-1998 yillar davomida işlab çiqilgan. Şu bilan birga, kompaniya F1 nusxasining ikkitasini 2000-2001 yillarda LM namunasiga modifikatsiya qilgan. 

Uşbu superkarlar 6.0 l V12 dvigatelga ega bölib, GTR namunasi 680 ot kuçiga ega. Unga ikki juft qöşimça radiator, poyga uçun maxsus amortizatorlar va prujinalar, modifikatsiya qilingan tutun çiqariş tizimi va yengillaştirilgan 17 dyyumli ğildiraklar qöyilgan. 

Noyob McLaren boşlanğiç narxi, uning sotuvga qöyilişi sababi kabi oçiqlanmayapti, biroq F1 seriyali namunalari ham bir neça millionga tezda xaridorini topadi. 

×