Kim Çen In armiyasiga uruşga tayyorlanişni buyurdi – OAV

Kim Çen In armiyasiga uruşga tayyorlanişni buyurdi – OAV

6 fevral kuni Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In keng omma oldida çiqiş qilib, öz armiyasiga uruşga tayyor turişni va “mislziz harbiy qudrat”ni namoyon etişni buyurdi. Bu haqda “Independent” naşri Şimoliy Koreya naşrlari tarqatgan maʼlumotlarga asoslanib xabar bermoqda.

Duşanba kuni Kim Çen In özining mamlakatdagi hukmron Işçi partiyasi Markaziy harbiy qömitasining yiğilişiga raislik qildi. Şimoliy Koreya rahbari deyarli bir oy davomida omma oldida köriniş bermayotgan edi. Buning ortidan esa ğarb naşrlarida janob Kimning soğliği yomonlaşgani borasidagi mişmişlar bolalagan edi.

Xabarda aytilişiça, mamlakat oliy harbiy rahbari Kim Çen In iştirok etgan yiğilişda qömita aʼzolari 2023 yilga möljallangan asosiy harbiy, siyosiy vazifalar va strategiyalarni muhokama qilgan. Şuningdek, harbiy kengaş mudofaa sohasida “katta özgarişlar”ni amalga oşirişga qaratilgan qator vazifalarni, jumladan, “operatsiya va jangovar maşğulotlarni doimiy ravişda kengaytiriş va kuçaytiriş”, “uruşga tayyorgarlikni yanada qatʼiy olib boriş”ni körib çiqqan.

Kengaşda şuningdek, mamlakatning asosiy harbiy ramziga aylanib ulgurgan “Xvasong 17” ballistik raketa tizimlarini takomillaştiriş va köpaytiriş, mudofaa şayligini oşiriş, razvedka tarmoqlarini köpaytiriş, şuningdek, yangi harbiy texnologiyalar joriy qiliş masalalari muhokama qilingan. Ğarb naşrlari tarqatgan xabarlarda, mamlakat xorijiy aerokosmik va mudofaa kompaniyalari tarmoqlarini nişonga oliş uçun tobora murakkab kibertexnikalardan foydalanayotgani aytiladi.

AQŞ va uning ittifoqçilari Koreya yarimorolida harbiy maşğulotlar kölamini oşirişi haqidagi dalillarga egaligini aytgan Şimoliy Koreya rabariyati unga “eng halokatli yadroviy kuç” bilan qarşi turişini bildirgan. Bu keskin bayonot AQŞ mudofaa vaziri Lloyd Ostinning Koreya yarim oroliga ilğor harbiy qurollarni joylaştirişni tezlaştiriş va Seul bilan birgalikdagi harbiy maşğulotlarini kengaytiriş haqidagi nutqidan söng paydo böldi.

Maʼlumot örnida, Pxenyandagi hukumat doimiy ravişda Koreya yarimoroli uzra hamda Yapon dengizida ballistik raketa sinovlarini ötkazib turadi. Mamlakat 2022 yilda özining eng yirik raketa sinovlarini amalga oşirdi. Jumladan, ötgan yil davomida AQŞga yetib borişi aytilgan 70 dan ortiq qitʼalararo ballistik raketalar uçirildi.


×