Gurbanguli “Dözax darvozalari”ni öçirişni buyurdi

Gurbanguli “Dözax darvozalari”ni öçirişni buyurdi

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov “Dözax darvozalari”ni öçirişni buyurdi. Bu haqda “Turkmenportal” naşri xabar bermoqda. 

Mamlakat rahbarining taʼkidlaşiça, Qoraqum çölidaga 50 yildan beri yonayotgan Darvaza gaz krateri (xalq tilida “Dözax darvozalari” deb ataladi) köp yillardan buyon katta hajmdagi gaz yonmoqda. Bu holat atrof-muhitga va yaqin atrofda yaşovçi odamlarning soğliğiga salbiy taʼsir qiladi. Şuningdek, uşbu kraterda katta daromad oliş mumkin bölgan tabiiy gaz yonmoqda. 

Şu sabab Prezident yoqilği-energetika kompleksi masalalari böyiça masʼul bölgan Boş vazir örinbosari Şaxim Abdrahmonovga olimlarni, kerak bölsa, xorijlik mutaxassislarni ham uşbu muammoga yeçim topiş böyiça topşiriq bergan.

Eslatib ötamiz, kraterni yopiş masalasi ilk bor Turkmaniston prezidenti tomonidan 2010 yilda kötarilgan edi. 

Maʼlumot örnida, Darvaza krateri 1971 yilda yer osti gazlari töplangan joyda paydo bölgan. Krater örnida oldin neft platformasi bor edi, lekin u yer osti böşliğiga çökib ketgan. Kraterdan çiqayotgan gaz odamlar va çorva mollarini zaharlayotganini oldini oliş uçun hukumat unga öt qöyişga qaror qilgan. Kraterdagi yonğin bir neça kundan keyin öçadi deb taxmin qilingan, ammo olov 50 yildan beri yonişda davom etmoqda.

×