Rossiya uruşda oğir yöqotişlarga uçragani aytildi

Rossiya uruşda oğir yöqotişlarga uçragani aytildi

Rossiya armiyasi Ukrainadagi jangovar salohiyatining yarmini, jumladan, 2500 tankini yöqotdi va Kiyev qarşi hujumining asosiy zarbasi hali oldinda. Bu haqda Buyuk Britaniya Qurolli Kuçlari rahbari admiral Toni Radakinga tayanib, Britaniyaning nufuzli “Financial Times” gazetasi xabar berdi.

Naşrning yozişiça, admiral Radakin Ukrainaning qarşi hujumi sekin ketayotgani haqidagi gaplarni rad etgan. Uning aytişiça, Moskvaning agressiyasini qaytariş "heç qaçon bir martalik harakat bölmagan" va Kiyevning duşmanni "yöq qiliş, çöziş (mudofaa) va zarba beriş" harbiy strategiyasi asta-sekin Rossiya mudofaa çiziğini yöq qilmoqda. 

Toni Radakinning tan olişiça, Rossiya minalangan maydonlarining “kutilganidan yuqori” ziçligi, oldinga siljib borayotgan Ukraina bölinmalari uçun havo qatlamining yöqligi va Kiyev söragan barça harbiy texnikaning yetkazib berilmagani qarşi hujum jarayonini murakkablaştiradi. Ammo u, şuningdek, Ukrainani maʼlum bir vaqt qolipiga soliş adolatdan emasligini va "Rossiya hozir şu qadar sifligi sabab, uning (öz) qarşi hujumga kuçi yöqligini" taʼkidladi. 

“Rossiya özining jangovar qobiliyatining deyarli yarmini yöqotdi. Ötgan yili u 10 million artilleriya snaryadlarini otgan, hozir esa, eng yaxşi holatda, yiliga 1 million snaryad işlab çiqarişi mumkin. U 2500 ta tankni yöqotdi va yiliga eng yaxşi holatda 200 ta (yangi) tank işlab çiqarişi mumkin”, deya Britaniya admiralining sözlaridan iqtibos keltirgan “Financial Times”. 

Buyuk Britaniya Ukrainaga AQŞdan keyin ikkinçi yirik harbiy yordam yetkazib beruvçi hisoblanadi. London Kiyevni zamonaviy harbiy texnika, jumladan, Challenger tanklari va uzoq masofaga uçuvçi Storm Shadow qanotli raketalari bilan taʼminlamoqda. 

Britaniya parlamentidagi qator tinglovlarda admiral Toni Radakin mamlakat Qurolli Kuçlarining jangovar salohiyatini kuçaytiriş, milliy qurol-yaroğ va öq-dorilar işlab çiqarişni köpaytiriş zarurligini taʼkidladi. Buyuk Britaniyaning yillik mudofaa byudjeti hozirda 50 milliard funt sterling atrofida.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 3 iyul kuni Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Şoygu yangi hisobot bilan çiqib, Ukraina sönggi bir oy içida 2,5 mingga yaqin turli qurollarini yöqotgani, Rossiya Qurolli Kuçlari Janubiy Donetsk, Zaparoje va Donetsk yönalişlarida 15 ta samolyot, 3 ta vertolyot va 920 ta zirhli texnikani yöq qilganini aytgan edi. Uning aytişiça, Ukraina uçun Polşa va Portugaliya tomonidan yetkazib berilgan hamma Leopard tanklari yöq qilingan. 


×