Eron AQŞning harbiy bazalariga zarba berişi mumkin – “Fars”

Eron AQŞning harbiy bazalariga zarba berişi mumkin – “Fars”

Eron Isroilga zarba berişda davom etadi, Isroil hujumiga javob operatsiyasi tugamadi. Bu haqda Eron harbiy rahbariyatiga yaqin manbaga tayanib, “Fars” agentligi xabar berdi.

“Sionistik rejimning bosqinçilik yöli bilan boşlagan uruşi yaqin kunlarda uşbu rejim tomonidan bosib olingan barça hududlar va mintaqadagi Amerika bazalariga tarqaladi va bosqinçilar Eronning hal qiluvçi va keng kölamli javob zarbasi nişoniga aylanadi”, deydi agentlik suhbatdoşi.

Uning qöşimça qilişiça, bu qarama-qarşilik keçagi çeklangan harakatlar bilan tugamaydi. Eron zarba berişda davom etadi.

“Bu harakatlar tajovuzkorlar uçun juda oğriqli böladi va ularni qilmişlaridan tavba qilişga majbur qiladi”, deydi harbiy rahbariyat vakili.

Qayd etiş joiz, Amerika Qöşma Ştatlari butun dunyoni qamrab olgan 1000 ta harbiy bazalar tarmoğiga ega. 80 dan ortiq davlatda kamida 170 000 amerikalik askar bor. Yaqin Şarqda Amerika harbiy bazalari va inşootlari Bahrayn, Iordaniya, Iroq, Qatar, Quvayt, Birlaşgan Arab Amirliklari, Ummon, Saudiya Arabistoni va Suriyada joylaşgan.

Eslatib ötamiz, keça, 13 iyun kuni Isroil Eronga raketa hujumlari uyuştirdi. Oqibatda mamlakatning bir neçta yuqori lavozimli qömondonlari, şuningdek, tinç aholi vakillari halok böldi. Şuningdek, yadroviy inşootlar zarar kördi. Umuman olganda, Isroilning 13 iyunga ötar keçasi boşlangan yirik zarbalari Eronning 20 ga yaqin yuqori martabali harbiy rahbarlari va asosiy yadroviy olimlarining hayotiga zomin böldi.

BMT Boş kotibi Antoniu Guterriş Isroilning Eron yadroviy obʼektlariga bergan zarbalaridan xavotir bildirib, tomonlarni bosiqlikka çaqirdi.

Isroil tomonidan Eronga qarşi amalga oşirilgan keng kölamli hujumlardan söng, Eron Isroilga qarşi öz javob zarbalarini yölladi. Eron harbiy kuçlari tomonidan Isroil hududiga qarata 200 dan ortiq dron va ballistik raketalar uçirilgan. Isroil Mudofaa kuçlari uşbu zarbalarni tasdiqlagan va havo mudofaa tizimlari zudlik bilan işga tuşirilgan. TSAXAL rasmiy bayonotida aytilişiça, Isroil havo mudofaasi katta miqdordagi hujumçi dron va raketalarni tutib qolişga muvaffaq bölgan. Dastlabki maʼlumotlarga köra, hujum oqibatida 5 kişi halok bölgan va 10 dan ortiq kişi jarohat olgan. Isroil tomoni esa 1 kişining ölimini tasdiqlagan.


Teglar:
×