Ilk bor sunʼiy Quyoş tutilişi namoyiş qilindi

Ilk bor sunʼiy Quyoş tutilişi namoyiş qilindi

Olimlar Yer orbitasida harakatlanayotgan ikkita sunʼiy yöldoş yordamida modellaştirilgan sunʼiy Quyoş tutilişi qanday körinişini ilk bor namoyiş qildi. Bu haqda Yevropa kosmik agentligi xabar berdi.

Qayd etilişiça, bu astronomik hodisa Quyoşning yuqori faolligi davrida yerda joylaşgan texnologiyalardagi uzilişlarni örganiş maqsadida yaratilgan. Quyoş tutilişini modellaştiriş joriy yil mart oyida ilk bor amalga oşirilgan. Öşanda “Sinov-3” missiyasining ikkita kosmik kemasi bir-biridan 150 metr masofada uçib ötgan. Şu bilan birga, sunʼiy yöldoşlar bir neça soat davomida özaro joylaşuvini millimetr aniqlikda saqlab turgan.

Natijada qurilmalardan biri boşqasining köz öngida Quyoşni tösib, uning optik uskunalariga sakkiz santimetrli soya tuşirgan. Şu orqali olimlar Quyoş tojining – yulduz atmosferasining yoruğlik bilan yoritilmagan taşqi qismining tasvirini olişga muvaffaq bölgan.

“Tojni kuzatiş Quyoş şamolini – kosmosga uzluksiz taraladigan zarraçalar oqimini aniqlaş uçun hal qiluvçi ahamiyatga ega. Bu, şuningdek, Quyoş har kuni deyarli çiqarib yuboradigan zarraça portlaşlari – koronal massa çiqarilişi jarayonlarini tuşuniş uçun zarur”, deya izoh bergan olimlar.

Ularning sözlariga köra, Quyoş sistemasining markaziy yulduzining bu faolligi Yerda qutb yoğdularini keltirib çiqarişi mumkin, ammo zamonaviy texnologiyalar uçun ham xavf tuğdiradi. Quyoşning yuqori faolligi Yerda aloqa, energiya uzatiş va yönaliş tizimlarida uzilişlarga sabab bölişi mumkin.

Sunʼiy soyalaştiriş tufayli tadqiqotçilar Quyoşda ilgari anʼanaviy usullar bilan köriş mumkin bölmagan köproq detallarni kuzatişga muvaffaq bölgan.

“Ilk maʼlumotlarni qölga kiritiş hayratlanarli darajada hayajonli böldi. Bu boşqa ölçovlar bilan birga bizning öz yulduzimiz haqidagi qadimiy savollarga javob topişimizga xizmat qiladi”, dedi loyiha olimi Jo Zender.

Olimlarning tuşuntirişiça, tabiiy Quyoş tutilişlari yiliga taxminan bir marta yuz bersa, sunʼiy tutilişlarni har 19,6 soatda qayta taşkil qiliş mumkin. Bundan taşqari, sunʼiy yöldoşlar astronomik hodisani olti soatgaça uzaytira oladi, tabiiy tutilişlar esa atigi bir neça daqiqa davom etadi.

“Biz hali qurilmani işga tuşiriş bosqiçidamiz, biroq biz parvozning aniq sinxronlaşuviga erişdik. Aynan şu bizga missiyaning ilk suratlarini olişga imkon berdi va bu suratlar, şubhasiz, ilmiy hamjamiyat uçun katta ahamiyatga ega böladi”, dedi loyiha rahbari Damiyen Galano.


×