NASAning Quyoş va geliosfera observatoriyasi (SOHO) kuzatuvlari Quyoş 4 iyul kuni özidan ikki marta kuçli energiyani çiqarib yuborganini körsatdi.
Emissiya tarkibida zaryadlangan zarraçalardan taşkil topgan milliard tonnagaça plazma bölişi mumkin. U sayyoramizga 7 iyul, juma kuni yetib kelişi taxmin qilinmoqda.
Zaryadlangan zarralar Yerning magnit maydoniga, magnitosferaga kirganida, ular geomagnit böronlarini keltirib çiqaradi. Mazkur böronlar sunʼiy yöldoşlarning işlaşiga salbiy taʼsir körsatişi va yer yuzasida energiya va aloqa infratuzilmasini buzişi mumkin, deb xabar beradi mir24.tv.









