“Magic City”da bolalar köz öngida özini osiş sahnasi namoyiş qilindi

“Magic City”da bolalar köz öngida özini osiş sahnasi namoyiş qilindi

Sönggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahridagi “Magic City” köngiloçar boğida bolalar uçun möljallangan tadbirda şubhali va bahsli sahna – özini osiş harakati namoyiş etilgani haqidagi videolar keng tarqaldi. Voqea jamoatçilik orasida keskin muhokamalarga sabab böldi, biroq hozirgaça heç qaysi rasmiy idora bu holatga oydinlik kiritmadi.

Qayd etiş joizki, agar bu sahna körinişini madaniy tadbir deb ataydigan bölsak, bundan Madaniyat vazirligining xabari yöqligi maʼlum böldi.

QALAMPIR.UZ holatga oydinlik kiritiş maqsadida Toşkent şahar hokimligi va Madaniyat boşqarmasi bilan boğlandi. Madaniyat boşqarmasi masʼulining taʼkidlaşiça, tadbir ular bilan kelişilmagan holda va heç qanday hamkorliksiz ötkazilgan. Boşqarma vakillari park xususiy mulk ekanini, bunday joylardagi tadbirlarga ular javobgar emasligini maʼlum qildi.

Hokimlik matbuot kotibi Gulnoza Qosimova ham holatga munosabat berib, ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videodan xabari borligi, “Magic City” xususiy hudud ekani, muhokamalarga sabab bölayotgan sahna körinişi na şahar hokimligi, na park joylaşgan Çilonzor tumani hokimligi va na şahar madaniyat boşqarmasi bilan hamkorlikda taşkil etilmagani va ular oldindan xabardor qilinmaganini maʼlum qildi. 

“Bu tadbir biz bilan kelişilmagan. Holat bölib ötgandan keyingina xabardor böldik”, deydi Gulnoza Qosimova.


×