Özbekistonliklarning asosiy qismi bugun halqasimon Quyoş tutilişi hodisasini kuzatişi mumkin böladi.
Uluğbek nomidagi astronomiya institutining xabar berişiça, Namanganda bu noyob tabiat hodisasi soat 16.57da boşlanadi va jami 59 daqiqa davom etadi.
Quyoş tutilişini Özbekiston hududidan kuzatilganda, Oy Quyoş yuzasining juda kiçik qisminigina tösadi. Yaʼni, Quyoş tutilişini qisman kuzatiş mumkin.
Uşbu hodisani maxsus Quyoş nurini yutuvçi qora közoynak, qoramtir tekis şişa yoki payvandlaş niqobi yordamida kuzatiş mumkinligini bildirdi.
"Optik qurilmalar - durbin yoki teleskoplardan foydalanib zinhor Quyoşga qaramang! Bu közga zarar yetkazadi", - deyiladi institut bergan xabarda.
Bundan keyingi quyoş tutilişini 2022 yilning 25 oktyabrida kuzatiş mumkin.









