Çorşanba kuni Oy tutilişi sodir böladi

Çorşanba kuni Oy tutilişi sodir böladi

Oyning qisman tutilişi 16 iyuldan 17 iyulga ötar keçasi sodir böladi. Bu haqda ÖzFA matbuot xizmati xabar berdi.
Bu tutiliş dunyo vaqti bilan soat 21:31 da boşlanadi. Mamlakatimizda bu hodisaning yuz berişi 17 iyul tungi 02:31 da yuz beradi. 
Mazkur tutilişni mamlakatimizning barça hududlarida kuzatiş mumkin. Oy mahalliy vaqt bilan 16 iyul kuni soat 23:42 da yarim soyaga kirişni boşlaydi, 17 iyul tungi 01:00 da soyaga kiradi. 
Soyadan soat 04:00 çiqadi, yarim soyadan esa soat 05:19 da çiqib ketadi, yaʼni tutiliş tugaydi. 

photo5289888937202002861.jpg

Quyoş soat 05:04 da çiqadi. Uning maksimal fazasi 0,66 ga yetadi. Yerning tabiiy yöldoşi tutiliş paytida yer soyasining janubiy qismidan ötadi. Oyda bu vaqtda qisman va töla quyoş tutilişi kuzatiladi. 
Şuningdek, tutiliş Janubiy Amerika, Yevropa, Afrika, Osiyo, Avstraliya va Rossiya (Çukotka, Kamçatka va Uzoq Şarq sohillaridan taşqari) hududlarida ham kuzatiladi.
Quyoş tutilişidan farqli ravişda Oy tutiliş davomida körinib turadi. Oy tutilişning katta fazasida qizil yoruğlik soçadi va umuman yöqolib ketmaydi. Tutilişni oddiy köz bilan ham kuzatiş mumkin.
Odatda qisman oy tutilişi vaqtida bu hodisani oddiy közda ilğaş qiyin.
Şuning uçun sizda durbin yoki köriş trubasi bölişi maqsadga muvofiq, Oy yuzi yaxşiroq körinadi va sizga uşbu astronomik hodisadan zavq olişingizga yordam beradi.
ÖzA

×