1-sinfga onlayn qabul boşlandi

1-sinfga onlayn qabul boşlandi

2025-2026 öquv yili uçun 1-sinfga onlayn qabul bugun, 20 iyun kuni soat 09:00 dan boşlandi. Bu haqda Maktab va maktabgaça taʼlim vazirligi xabar berdi.

Elektron arizalarni vazirlikning my.maktab.uz elektron platformasi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali yuboriş mumkin.

Agar elektron qabul jarayonlari yuzasidan savollar bölsa, call-markazning 71-203-07-04, 71-203-04-03 raqamlari yoki Telegram'dagi @mymaktab_uz rasmiy kanali orqali javob oliş mumkin.

Qayd etiş joiz, “Taʼlim töğrisida”gi qonunga muvofiq, bolalar 7 yoşga töladigan yilda maktabga qabul qilinadi. Bu yil 1-sinfga 2018 yilning 31 dekabriga qadar tuğilgan bolalar qabul qilinadi.


Teglar:
×