Bugun, 10 iyun kunidan 2025-2026 öquv yili uçun akademik litseylarga umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvçilaridan hujjatlarni onlayn qabul qiliş boşlandi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Aynan 9-sinf bitiruvçilari öz hujjatlarini my.edu.uz portali orqali topşirişi mumkin. Abituriyentlar röyxatdan ötiş jarayonida tizimga ID karta yoki tuğilganlik haqida guvohnoma maʼlumotlarini kiritiş bilan birga quyidagi hujjatlarni elektron şaklda (PDF, JPEG) yuklaşlari lozim:
3,5x4,5 sm ölçamdagi 1 ta rangli fotosurat;
Öqişga imtiyozli kiriş huquqini beruvçi hujjatlar – fan olimpiadasi ğolibi ekanligini tasdiqlovçi diplom, çet tili va umumtaʼlim fanlarni biliş darajasi töğrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud bölsa).
Abituriyentlar röyxatdan ötişda özlari tanlagan uçtagaça akademik litseyning bittadan mos yönalişini tanlaşi (bunda taʼlim tili bir xil bölişi kerak) va qaysi çet tilidan kiriş test sinovini topşirişini belgilaydi.
Şuningdek, abituriyent özi tanlagan hududda taşkil etiladigan kiriş test sinovlarida iştirok etadi.
Qabul jarayonlari 10 iyulga (şu kuni ham) qadar davom etadi.









